Ilmiy-ommabop kino

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ilmiy-ommabop kino - ilmiy kino turi. Barcha ilm jabhalari — fan, texnika muvaffaqiyatlari tar-gʻib qilinadi, ijtimoiy-siyosiy va madaniy qayotning turli jihatlarini aks ettiradi. Ilk bor 1897 yilda koʻrsatilgan. Ilmiy publitsistika va kinojurnal shaklida boʻladi. Tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini xulosalab koʻrsatadi, murakkab ilmiy muammolarni ommaga tushunarli qilib yetkazadi. Oʻzbekistonda Ilmiy-ommabop kino ishlab chiqaruvchi Oʻzbekiston ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar studiyasi bor. "Gʻoʻza zararkunandalariga qarshi kurash" (rejissyor N. Saidov), "Xalqobod" (rejissyor I. Gibalevich), "Oʻzbek atlasi" (rejissyor S. Davlatov), "Suv keldi", "Turnalar choʻli" (rejissyor D. Salimoye) va boshqalar filmlar shu studiyada ishlab chiqarilgan. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil