Kontent qismiga oʻtish

Illustrated American Idioms

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Illustrated American Idioms: Advanced Level Functional Activities for Development of Vocabulary
Muallif(lar) Dean Curry
Til inglizcha
Janr(lar)i qoʻllanma
Nashr etilgan sanasi 1982
Nashriyot AQSH Maʼlumot agentligi
Sahifalar soni 99

Illustrated American Idioms“, toʻliq nomi „Illustrated American Idioms: Advanced Level Functional Activities for Development of Vocabulary“ (tarjimasi „Rasmlar bilan bezalgan Amerika iboralari: Soʻz boyligini oshirish uchun yetuk darajadagi mashqlar“) – Dean Curry qalamiga mansub ingliz tili iboralari toʻplami. Ilk bor 1982-yil Vashington shahrida AQSH Maʼlumot agentligi (inglizcha: United States Information Agency) tomonidan chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan qoʻllanma ingliz tilini oʻrganayotgan shaxslar uchun moʻljallangan. „Illustrated American Idioms“ ingliz tilini oʻqitish kurslarida keng ishlatiladigan qoʻllanma boʻlib, bir necha ingliz tilini oʻqitish boʻyicha tadqiqotda undagi materiallardan foydalanilgan[1][2].

Asarda ingliz tili iboralari, xususan, Amerika ingliz tilisida keng tarqalgan iboralar koʻrib chiqilgan. „Illustrated American Idioms“ ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirgan shaxslar uchun moʻljallangan. Oʻquvchi iboralarni eslab qolishi oson boʻlishi uchun har bir ibora rasm bilan bezatilgan. 2010-yilda asar asosida yanada mukammalroq spravochnik – „In the Loop“ idiomalar toʻplami tuzilgan[3].

  1. Koça, Suela; Pojani, Vasilika (2014). „Some Effective Techniques in Teaching and Learning English Idioms—A Case Study of the Albanian Students of English as a Foreign Language“. Sino-US English Teaching (inglizcha). 11-jild, № 12. 933–939-bet. ISSN 1539-8072.
  2. Kopkallı, Handan „A Study on Comprehension of English Idioms by Turkish Learners“ (inglizcha). Tez merkezi. Anadolu Üniversitesi (1988). Qaraldi: 30-dekabr 2024-yil.
  3. Patesan, Marioara; Balagiu, Alina; Zechia, Dana (2013). „Military idioms and their background“. Revista Academiei Fortelor Terestre (inglizcha). 18-jild, № 3. 287–293-bet.