Ilgiz Tantashev
| Ilgiz Tantashev | |
|---|---|
|
| |
| Tavalludi |
1984-yil 5-aprel |
| Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
| Kasbi | Futbol Hakami |
| Faoliyat yillari | 2010- |
Ilgiz Tantashev (1984-yil 5-aprel, Buxoroda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik professional futbol hakami[1], 2013-yildan FIFAning xalqaro hakamlari safiga kiritilgan[2]. Ilgiz faoliyati davomida Jahon chempionati sarlash bosqichi, Osiyo kubogi, Osiyo chempionlar ligasi, Olimpiada oʻyinlari kabi xalqaro futbol musobaqalarida hakamlik qilgan[3].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbol boʻyicha 2018-yilgi jahon chempionatining Osiyo qitʼasidagi saralash bosqichida hakamlik qilgan[4]. 2019-yilgi Osiyo Kubogi uchun bosh hakam sifatida tanlangan va 1 ta oʻyinda hakamlik qilgan[5][6][7]. 2023-yilgi AFC Osiyo Kubogi musoboqasi hakamlar roʻyxatidan joy oldi va 3 ta oyinda bosh hakam sifatida va 2 ta oʻyinda zaxira hakami sifatida faoliyat olib bordi[8]. Musobaqaning final uchrashuvida ham ishtirok etdi va zaxira hakami sifatida faoliyat olib bordi[9].
Tantashev Parijda oʻtgan 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining futbol boʻyicha erkaklar oʻrtasidagi bahslarida hakamlik qilgan[10][3]. Olimpiadada Tantashevning soʻnggi oʻyini Marokash va Ispaniya oʻrtasidagi yarim final oʻyinida boʻlib oʻtdi. Oʻyinning 11-daqiqasida ispan jamoasi himoyachisi Marc Pubill bilan toʻqnashuvdagi jarohati tufayli oʻyinni tark etishga majbur boʻldi[11][3][11].
Rasmiy turnirlardan tashqari, Tantashev oʻrtoqlik oʻyinlarini ham boshqargan. 2021-yilda Oʻzbekistonning eng yaxshi hakami deb topilgan[12][13][3].
Tantashev FIFA tomonidan 2026-yilgi jahon chempionatida markaziy hakam sifatida, Timur Gaynullin va Andrey Sapenko esa yordamchi hakamlar sifatida tanlangan[3][14][15][16][17]. 19-iyun kuni C guruhidagi Shotlandiya—Marokash oʻyinini boshqargan[18]. Bahsdagi ishonchli va qatʼiy qarorlari uchun ekspertlar tomonidan 10 balldan 7,5 ball bilan yuqori baholandi[19]. 28-iyun kuni J guruhidagi Jazoir—Avstriya uchrashuvini muvaffaqiyatli yakunlagan[19]. 4-iyul kuni 1/16 play-off bosqichidagi Paragvay—Fransiya uchrashuvi Tantashev uchun turnirdagi oxirgisi boʻldi. Oʻyindagi bir qator bahsli vaziyatlar, ogohlantirishlar va intizomiy choralar futbol mutaxassislari tomonidan keskin tanqid qilindi. Natijada FIFA uni mundialning qolgan oʻyinlaridan chetlatish (yangi tayinlov bermaslik) haqida qaror qabul qildi[20].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Профіль“. 9 січня 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 січня 2019.
- ↑ FІFA. „Uzbekistan: Suddі“ (Wayback Machine saytida 2-aprel 2015-yil sanasida arxivlangan) .
- 1 2 3 4 5 Tukhsinov, Daniyor. „Uzbek referees to officiate at FIFA World Cup 2026“. Kun.uz (2026-yil 10-aprel). Qaraldi: 2026-yil 11-aprel.
- ↑ „RECORD OF ALL REFEREED MATCHES 2016/2017 - ILGIZ TANTASHEV“. 15 січня 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-noyabr 2018-yil.
- ↑ „List of Match Officials“. AFC. 8 грудня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 січня 2019.
- ↑ „Largest-ever cast of match officials appointed for UAE 2019“. AFC (5 грудня 2018). 10 грудня 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15 січня 2019.
- ↑ „Ҳакамларимиз Осиё кубогида: ким нечта ўйинда ишлаган?“ (2024-yil 12-yanvar).
- ↑ „Осиё кубоги. Ўзбекистонлик ҳакамлар 3-турнинг ўзида иккита ўйинда ишлашади“ (2024-yil 24-yanvar).
- ↑ „Осиё Кубоги финалида ўзбекистонлик ҳакамлар ишлайди, аммо...“ (2024-yil 8-fevral).
- ↑ „List of appointed Match Officials | Poland 2019“. Inside FIFA (2019). Qaraldi: 2026-yil 11-aprel.
- 1 2 Grant, Joe. „Paris 2024: 'He's really struggling' - Drama as referee sent flying and forced off injured“. TNT Sports UK (2024-yil 5-avgust). Qaraldi: 2026-yil 11-aprel.
- ↑ Shulgin, Alexander. „Стал известен состав судейской бригады на матч Таджикистан - Россия“ (ru). Sovetsky Sport (2022-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2026-yil 11-aprel.
- ↑ „Iran vs. Russia“. Sky Sports (2023-yil 23-mart). Qaraldi: 2026-yil 11-aprel.
- ↑ „Uzbek Referees to Officiate at FIFA World Cup 2026“. Uzbekistan Daily (2026-yil 10-aprel). Qaraldi: 2026-yil 11-aprel.
- ↑ „Asian officials ready to shine at FIFA World Cup 2026“. The AFC News (2026-yil 10-aprel). Qaraldi: 2026-yil 11-aprel.
- ↑ Razzokov, Nodirbek. „Ilgiz Tantashev will referee at the 2026 World Cup“. One Uzbekistan (2026-yil 9-aprel). Qaraldi: 2026-yil 11-aprel.
- ↑ Arés, Ruby. Surprise inclusion as FIFA confirms 2026 World Cup referees: find out the full list (en). Diario AS (2026-yil 9-aprel).
- ↑ „Rasman: Ilgiz Tantashev Shotlandiya – Marokash o'yinini boshqaradi“. championat.asia. Qaraldi: 2026-yil 16-iyun.
- 1 2 „Uzbek Referee Ilgiz Tantashev to Officiate Algeria vs. Austria World Cup Match“.
- ↑ „FIFA appoints Uzbek officiating crew for Paraguay-France round of 16“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ilgiz Tantashev (Wayback Machine saytida 2024-02-14 sanasida arxivlangan) OʻzPFL saytida hakam profili
- Ilgiz Tantashev (Wayback Machine saytida 2024-02-14 sanasida arxivlangan) Soccerway saytida hakam profili
- Ilgiz Tantashev (Wayback Machine saytida 2024-12-07 sanasida arxivlangan) Transfermarkt saytida hakam profili