Ildizoyoqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ildizoyoqlilar (Rhisopoda) -sarkodalilar kenja sinfiga mansub bir hujayrali hayvonlar. Tanasining uzunligi bir necha mkm dan 3 mm gacha (ayrim foraminferalarda 2—3 sm gacha). Harakatlanish va oziqni tutish organi soxta oyoqlar, ayrim turlari va jinsiy hujayralarda xivchinlari ham boʻladi. Bir qancha turlari (chigʻanokli amyobalar, foraminferalar) da tashqi skeleti — chigʻanogʻi bor. Ikkiga boʻli-nish, ayrim turlari jinsiy gametalar kopulyasiyasi orqali koʻpayadi. Keng tarqalgan, asosan, dengiz va chuchuk suvlarda, torfli botqoqlik va tuproqda uchraydi. Baʼzi turlari parazit. Amyobalar, chigʻanoqli amyobalar, foraminferalar turkumlariga boʻlinadi. [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil