Ikki opa-singil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ikki opa-singil (fransuzcha:Les Deux Sœurs)
: '
Rassom Pierre-Auguste Renoir
Yil 1881
Oqim Moy bo'yoq tasviri
Joylashuvi Chikago san'at instituti, Chikago

Ikki opa-singil yoki Peshayvonda (Two Sisters (On the Terrace)) fransuz rassomi Pierre-Auguste Renoir tomonidan 1881-yilda moyboʻyoqda chizilgan Chikagodagi Sanʼat institutidagi kolleksiyada saqlanilayotgan kartina hisoblanadi. Kartinaning hajmi 100.5 sm ×81 sm. Ikki opa-singil (fransuzcha: Les Deux Sœurs) nomi muallif Renoir tomonidan qoʻyilgan, Peshayvonda (fransuzcha: Sur la terrasse) nomi esa ushbu asarning ilk egasi Paul Durant-Ruel tomonidan qoʻyilgan.

Renoir ushbu kartina ustida Parijning g'arbiy qismida, Chatoudagi Seine orolida joylashgan Maison Fournaise restoranining ayvonidan foydalangan. Rasmda yosh ayol va uning singlisi tashqarida oʻtirishgani tasvirlangan. Opa-singillar ortida esa Seine daryosi tasvirlangan[1].

Oʻsha davrda 18 yoshli aktrisa boʻlgan Jeanne Darlot (1863—1914) „opa“ obrazini gavdalantirishga yordam bergan lekin „singil“ obrazida qizaloq kimligi nomaʼlum[2].

Renoir kartina ustida ishlashni 1881-yilning aprel oyida boshlagan va 7-iyul 1881-yilda Paul Durant-Ruel tomonidan 1,500 frankka sotib olingan[3]. Kartina birinchi marta 1882-yilning bhorida boʻlib oʻtgan 7-impressionistlar koʻrgazmasida namoyish etilgan. 1883-yilda kartina sanʼat asarlari kolleksioneri hamda nashriyotchi Charles Ephrussi kolleksiyasiga qoʻshilgan, lekin 1892-yilda kartina yana Durant-Ruel oilasiga qaytarib berilgan.

1925-yilda kartina Chikagolik Annie Swan Coburnga 100,000 dollarga sotilgan. Uning oʻlimidan oldin, 1932-yilda kartinani 1933-yildan beri saqlanib kelinayotgan Chikago Sanʼat institutiga vasiyat qilib qoldirgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]