Igor Jovićević

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Jovićević
Jovićević 2014-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Igor Jovićević
Tavallud sanasi 30-noyabr 1973-yil (1973-11-30) (50 yosh)
Tavallud joyi Zagreb, Xorvatiya SSR
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Shakhtar Donetsk (menejer)
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1988—1991 Dinamo Zagreb
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991—1995 Real Madrid Castilla 79 (15)
1996—1999 NK Zagreb 10 (0)
1999 Yokohama F. Marinos 1 (0)
2000 Guarani 4 (0)
2000—2001 NK Zagreb 0 (0)
2001—2002 Metz 0 (0)
2002 Shenyang Dongjin 24 (2)
2003 Karpaty Lviv 26 (2)
2003 Karpaty-2 Lviv 1 (0)
2004 Zhuhai
Milliy terma jamoa
1994—1995 Xorvatiya U21 8 (0)
Boshqargan klublari
2014—2015

Karpaty Lviv

(yordamchi murabbiy)
2015—2016 Karpaty Lviv
2016—2017 Celje
2017—2020 Dinamo Zagreb II
2018—2020 Dinamo Zagreb U19
2020 Dinamo Zagreb
2020—2022 Dnipro-1
2022 Shakhtar Donetsk
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Igor Jovićević (talaffuzi: Igor Yovichevich) (Xorvatcha talaffuzi: îgor jovǐːtɕevitɕ ) (1973-yil 30-noyabrda tugʻilgan)— xorvatiyalik sobiq professional futbolchi va Ukrainaning „Shakhtar Donetsk“ futbol klubining hozirgi murabbiyi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xorvatiyaning „Dinamo Zagreb“ ning yoshlar jamoasida oʻynab, yangi Zvonimir Boban deb atalganidan soʻng, Igor Jovićević atigi 17 yoshida 1991-yilning yozida „Real Madrid“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi. Igor Jovićevićning transfer narxi bir million dollarni tashkil qilgan. Ammo shartnomada Merengues uni asosiy tarkibga kiritgan taqdirda jami besh million toʻlashi kerakligi bandi borligi tufayli, Igor Jovićević B guruhga oʻtkazilgan edi. U yerda Igor Jovićević Rafael Benitez tomonidan tarbiyalangan va Raúl va Guti kabi yoshlar bilan birga oʻynash imkoniga ega boʻlgan.

1995-yil 11-iyunda u Xorvatiyaning 21 yoshgacha boʻlgan milliy terma jamoasi bilan Ukraina termasiga qarshi oʻyinda jarohat oladi. Jarohat tufayli bir yillik tanaffusdan soʻng Igor Jovićević Xorvatiyaga qaytib, Xorvatiya poytaxti Zagrebning boshqa klubi bilan oʻynadi. Shundan soʻng, Igor Jovićević J.1 ligasi klubi „Yokohama F. Marinos“ bilan oʻynadi, Braziliya klubi „Guarani Futebol Clube“ va Fransiyada qisqa vaqt „FCMetz“ klublari bilan oʻynaganidan soʻng, „Shenyang Dongjin“ bilan oʻynash uchun Xitoyga koʻchib oʻtdi. Xitoydagi karerasini 32 yoshida tizza bogʻlamlarining yangi jarohati bilan yakunladi. Nafaqaga chiqqanidan soʻng, u Ispaniyaga qaytib keldi[1].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor Jovićević 2014-yilda „Karpaty Lviv“ klubini boshqargan

Karpaty Lviv[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Igor Jovićević „Karpaty Lviv“ futbol klubining transfer direktori etib tayinlandi. 2012—2013-yilgi mavsumda Igor Jovićević U21 terma jamoasini, 2013—2014-yilgi mavsumda esa U19 terma jamoasini boshqargan. 2014-yilning yozida Oleksandr Sevidov ishdan boʻshagach, dastlab klubning katta jamoasiga vaqtinchalik menejer, 2015-yilda esa bosh murabbiy etib tayinlangan.

Celje[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 10-oktyabrda Igor Jovićević Sloveniyaning PrvaLiga klubi „Celje“ni qabul qilib oldi[2]. 2017-yil 19-iyunda u klub bilan shartnomani bekor qildi.

Dinamo Zagreb[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilning 20-iyulida Igor Jovićević „Dinamo Zagreb II“ jamoasini bosh murabbiy sifatida qabul qilgan boʻlsa, 2018-yilning 1-iyulida esa „Dinamo Zagreb U19“ jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi[3]. U19 terma jamoasini boshqarib, Igor Jovićević Xorvatiya ligasining ikkita chempionligini, FIFA Yoshlar kubogini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u ikki marta UEFA yoshlar ligasida jamoani chorak finalga olib chiqdi.

Dnipro-1[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 22-sentyabr kuni Dmytro Mykhailenko ishdan boʻshatilgach, Igor Jovićević „Dnipro-1“ futbol klubining yangi bosh murabbiyi etib eʼlon qilindi[4].

Shakhtar Donetsk[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yilning 14-iyulida Igor Jovićević „Shakhtar Donetsk“ futbol klubining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi[5].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub faoliyati Liga Kubok Liga kubogi Jami
Mavsum Klub Liga Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Yaponiya Liga Imperator kubogi J.Liga kubogi Jami
1999-yil Yokohama F. Marinos J1 ligasi 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 1 0 0 0 0 0 1 0

Boshqaruv statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Quyidagi sanadan

faoliyatini boshlagan

Quyidagi sanada

faoliyatini yakunlagan

Natija
Oʻyin Gʻalaba Durang Magʻlubiyat Gʻalaba%
Karpaty Lviv 2014-yil 18-iyun 2015-yil 31-dekabr style="text-align:center" |46 12 12 22 026
NK Celje 2016-yil 10-oktyabr 2017-yil 19-iyun style="text-align:center" |19 7 8 4 037
Dinamo Zagreb II 2017-yil 20-iyul 2020-yil 22-aprel style="text-align:center" |78 35 19 24 045
Dinamo Zagreb U19 2018-yil 1-iyul 2020-yil 22-aprel style="text-align:center" |15 10 3 2 067
Dinamo Zagreb 2020-yil 22-aprel 2020-yil 6-iyul style="text-align:center" |7 3 2 2 043
Dnipro-1 2020-yil 22-sentyabr 2022-yil 14-iyul style="text-align:center" |46 25 6 15 054
Shakhtar Donetsk 2022-yil 14-iyul Hozirgacha style="text-align:center" |17 9 6 2 053
Jami 228 101 56 71 040

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Interview and short career story at Jutarnji List.
  2. „Jovičević preuzeo Celje: Ne poznajem nogomet u Sloveniji“. www.goal.com (10-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 22-aprel 2020-yil.
  3. „Igor Jovičević novi trener Dinama II“. gnkdinamo.hr (20-iyul 2017-yil). Qaraldi: 13-aprel 2020-yil.
  4. „ІГОР ЙОВІЧЕВІЧ ОЧОЛИВ “ДНІПРО-1”“ (ukraincha). SC Dnipro-1 (22-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.
  5. „Igor Jovicevic is Shakhtar's new head coach“. Shakhtar Donetsk (14-iyul 2022-yil). Qaraldi: 14-iyul 2022-yil.