Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis, roviy, xatib

Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy (arabcha: ابراهيم بن احمد سمرقندي — Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad ibn Abdulloh ibn Hasan ibn Solih Xatib Samarqandiy Vazoriy (vafoti 1110-yil)) — Muhaddis, roviy va xatib.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy „Vazor“ qishlog‘ining xatibi boʻlib, 480-487/1087-1094-yillar orasida tugʻilgan. Hofiz Abu Hafs Umar ibn Mansur ibn Habib va boshqa ulamolardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Umar Nasafiy alloma haqida bunday deydi: "U mening qo‘shnim edi. Mening imlo majlislarimga kelib turar edi. 503/1110-yil Samarqandda „Baroat“ kechasi vafot etdi. Sankdiza qabristoniga dafn etildi". O‘g‘li Abu Ishoq Ibrohim ibn Abdulloh Xatib Vazoriy ham solih shayx va xulqi chiroyli kishi bo‘lgan.[1]


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 559.