Kontent qismiga oʻtish

Ibrohim Qassor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibrohim bin Dovud Qassor Raqqiy (vaf. 327 h.q./939 m.) – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Isʼhoq. Suriyaning Raqqa shahrida tugʻilgan. Zunnun Misriy, Junayd Bagʻdodiy, Abu Abdulloh Jallo, Abdulloh bin Muhammad Murtaʼish, Ibrohim bin Ahmad Muvallid Soʻfiy Raqqiy bilan suhbatdosh boʻlgan. Oʻttiz yillik safari davomida tasavvuf ahliga nisbatan boʻlgan mavjud notoʻgʻri qarashni yaxshi tomonga oʻzgartirgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.