Ibrohim Fayzullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Ibrohim Fayzullayev (1933.25.8, Denov tumani Qayirma qishlogʻi) — qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tashkilotchisi, Oʻzbekiston Qahramoni (1996), Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi (1993), usta paxtakor. Samarkand qishloq xoʻjaligi instituti agronomiya fakultetini tugatgan (1969). Denov tumanidagi general Sobir Rahimov nomidagi jamoa xoʻjaligida kzchi va hisobchi (1949—53). 1955-yildan shu xoʻjalikda bosh zootexnik, entomolog agronom (1960—65), bosh agronom (1965—70), Surxondaryo viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasida boʻlim boshligʻi, bosh agronom (1970—71), Denov tumani qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini tayyorlash va sifati boʻyicha davlat bosh inspektori (1971—83). 1983-yildan shu tumandagi general Sobir Rahimov nomli jamoa xoʻjaligi (2001-yildan shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi raisi, F. rahbarlik qilgan xoʻjalik respublikadagi ilgʻor va iqtisodiy baquvvat xoʻjaliklardan biri boʻlib, paxta, gʻalla, pilla yetishtirishda yuqori koʻrsatkichlarga erishib kelmoqda. Xoʻjalik hududini obodonlashtirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi deputati (1990—95).