Ibn Sino (jurnal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Sino“ („Avitsenna“) – ilmiy-amaliy xalqaro jurnal. Ibn Sino xalqaro jamgʻarmasining nashri. 2000-yildan Toshkentda bir yilda 4 marta oʻzbek, ingliz, rus tillarida nashr etiladi. Jurnalning asosiy vazifasi Ibn Sino shaxsiyati, uning mashaqqatli hayot yoʻli, sermazmun ijodi hamda sinoshunoslik sohasida olib borilayotgan izlanishlar natijalari bilan oʻquvchilarni tanishtirish, olim ilmiy merosining hozirgi zamon fani va amaliyotiga ijobiy taʼsirini yoritib borishdan iborat. Adadi 1000 nusxa (2002)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.