Ibn Masarra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ibn Masarra- toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdulloh ibn Masarra ibn Najih al-Jabaliy (arab. أبو عبد الله محمد بن عبد الله بن مسرة بن نجيح الجبلي) (883–931) – andalusiyalik musulmon zohid va olim[1]. U ilk so‘fiylardan, shuningdek, Andalusning ilk faylasuflaridan biri hisoblanadi[2].

U muvallad bo‘lgani taxmin qilinadi[3].

Otasi bilan Makkaga borgan Ibn Masarra, otasi vafot etgach, Ispaniyaga qaytib, shogirdlari bilan bir takkaga kirib ketgan. Qarashlari rad etilgach, Misr va Makkada yashagan. Umrining oxirlarida Kordovaga qaytib kelgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]