Kontent qismiga oʻtish

Ibn Isʼhoq

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ibn Ishoq Abu Abdulloh Muhammad Ibn Ishoq Ibn Yasor (704, Madina — 767, Bagʻdod) — tarixchi, muhaddis, Rasululoh (sav) haqlarida bizgacha yetib kelgan eng dastlabki siyratnomalardan birining muallifi. 733 yil Misrga koʻchib borgan, 749 yil esa Iroqqa kelib, u yerda muqim yashab qolgan. I. I. ning Bagʻdodda yozib tugallagan "Kitob siyrat Rasululloh" ("Rasululloh siyratlari xususida kitob") asari misrlik filolog Ibn Hishom (834 yil vafot etgan) tahriri ostida bizgacha yetib kelgan. Shuningdek, I. I. "Al-Magʻoziy" ("Gʻoziylar fazilatlari va ular qilgan amali solixlar haqida kitob"), "Al-Mubtadaa" ("Ibtido"), "Taʼrix al-xulafo" ("Xalifalar tarixi") nomli asarlar ham yozgan. Uning "Tarix al-xu-lafo" asaridan Madoiniy (752—840), Tabariy, Rabgʻuziy kabi mashhur tarixnavis olimlar foydalangan. Mas, Madoiniy Oʻrta Osiyoning arablar tomonidan fath etilish davri tarixiga doir "Kitob futuhoti Huroson" va b. asarlarini yozishda mazkur kitobga ta-yangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil