Husan Amirqulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Husan Amirqulov (1940.18.2, Qashqadaryo viloyati, Boyterak qishlog‘i) – O‘zbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat san’at institutini tugatgach (1963), Surxondaryo (1963–66), Sirdaryo (1966-74), Jizzax (1974–79) teatrlarida ishlagan, 1979 yildan Qashqadaryo teatrida. Asosiy rollari: G‘ani ("Aldangan qiz"), Murod ("Parvona"), Ferdinand ("Makr va muhabbat"), Alisher Navoiy ("Alisher Navoiy"), Aldar ko‘sa ("Addar ko‘sa"), Mo‘min ("Oltin devor"), Sa’diyev ("O‘n uchinchi rais"), Abulfayzxon ("Abulfayzxon"), Amir Temur ("Amir Temur") va boshqa Amirqulov yaratgan obrazlari o‘zining to‘laqonliligi, ijroda davr nafasini mohirona yetkaza olishi, tarixiy asarlarda yaratgan o‘ziga xos, boy sahna chizgilari bilan ajralib turadi. Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Husan Amirqulov" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil