Hotel Praha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hotel Praha
Umumiy maʼlumot
Maqomi Buzib tashlangan
Turi Mehmonxona
Manzili Dejvice
Shahar Praga
Mamlakat Chexiya Respublikasi
Koordinatalar 50°06′18″N 14°22′20″E / 50.104935°N 14.372254°E / 50.104935; 14.372254 G OKoordinatalari: 50°06′18″N 14°22′20″E / 50.104935°N 14.372254°E / 50.104935; 14.372254 G O
Qurilishi boshlangan 1975-yil
Qurilishi tugagan 1981-yil
Buzilgan sana 2014-yil
Egasi Petr Kellner
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Jaroslav Paroubek,
Arnošt Navrátil,
Radek Černý
Jan Sedláček
Map
Hotel Praha mehmonxonasining xaritada koʻrinishi
Hotel Praha

Hotel Praha Chexiya Respublikasining Praga shahridagi Dejvice dahasida joylashgan hashamatli mehmonxona edi. 1981-yilda qurilgan mehmonxonadan 1989-yilgacha Chexoslovakiya Kommunistik partiyasi rasmiylari va ularning mehmonlari tomonidan foydalanilgan, shundan soʻng u jamoatchilik uchun ochiq boʻlgan[1]. U 2014-yilda milliarder Petr Kellner tomonidan sotib olinganidan soʻng buzib tashlangan[2].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Praha mehmonxonasi olti yil davomida, yaʼni 1975-yildan 1981-yilgacha qurilgan. Postmodern va brutal arxitekturaning namunasi boʻlib, ushbu bino meʼmorlar Jaroslav Paroubek, Arnošt Navrátil, Radek Černý va Jan Sedláček tomonidan ishlab chiqilgan[3]. Mehmonxonada 136 ta xona mavjud boʻlib, ularning barchasidan Praga qal'asi manzarasini koʻrish mumkin. Shuningdek, keramik plitkali suzish havzasi, qishki bogʻ, kinoteatr va bouling maydoni ham mavjud. Mehmonxona qabulxonasida oʻziga xos katta dumaloq zinapoya bor edi[3].

Chexoslovakiyaning kommunistik boshqaruvi davrida mehmonxona Kommunistik partiyaning yuqori martabali amaldorlarini qabul qilgan, shuningdek, ular uchun xorijiy oliy martabali shaxslar, jumladan, Leonid Brejnev, Yosir Arafat va Muammar Qaddafiylarni kutib olish joyi boʻlib xizmat qilgan[4][5][6]. 1989-yilda „Temir parda“ qulaganidan keyin u keng jamoatchilik uchun ochildi va besh yulduzli mehmonxonaga aylantirildi[7].

Mehmonxonada "Uddalab boʻlmas topshiriq" filmini suratga olish vaqtida aktyor Tom Kruz tunab qolgan[8][6]. Bundan tashqari, Chexiya terma jamoasi 2007-yilgacha ushbu mehmonxonadan foydalangan. Jamoa oʻyinchilari gʻalabadan keyin u yerda fohishalar bilan ziyofat qilgani aniqlangan va ular bir million chex kronasi miqdorida intizomiy jarimaga tortilgan[9].

Buzib tashlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilda buzilish jarayoni

2013-yilda Hotel Praha PPF Group asoschisi va asosiy aktsiyadori boʻlmish milliarder Petr Kellner tomonidan sotib olinadi. Kellner mehmonxona oʻrnidada oʻzi asos solgan xususiy maktab — „Open Gate“ kampusini qurish uchun mehmonxonani buzishga qaror qiladi[10]. Mehmonxonaning avvalgi egalari uni texnik xizmat koʻrsatish uchun yuqori xarajatlar tufayli foyda keltirmaydigan mehmonxona deb hisoblashgan[11]. Buzib tashlash qarori munozaralarga va noroziliklarga sabab boʻladi, chunki Praga aholisi uni saqlab qolishga arziydigan tarixiy va meʼmoriy yodgorlik deb hisoblar edi. Mehmonxonani muhofaza qilinadigan meros ob’ektiga aylantirishga urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi[11][10].

Praha mehmonxonasini buzish ishlari 2014-yil iyun oyida yakunlanadi[12]. Kellnerning maktabi esa umuman qurilmaydi[13] va keyinchalik Kellnerning oʻzi ham 2021-yilda vertolyot halokatida vafot etadi[14].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Akkam. „Furniture Rescued from the Destroyed Hotel Praha Tells Its Complicated Story“. Architectural Digest (2018-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  2. „Communist-era Hotel Praha set for demolition“. Radio Prague International (2013-yil 10-iyul). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  3. 3,0 3,1 Akkam. „Furniture Rescued from the Destroyed Hotel Praha Tells Its Complicated Story“. Architectural Digest (2018-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  4. „Hotel Praha: Výjimečná stavba s pohnutou historií a tragickým koncem“ (cs). Vltava Radio (2019-yil 14-may). Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  5. Kučera, Jakub „Zbořený socialistický monument: Luxusní hotel pro komunistické papaláše zdemoloval nejbohatší Čech“ (cs). ČtiDoma.cz (2021-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-may.
  6. 6,0 6,1 Usai. „The end of the hotel Praha“. Progetto Repubblica Ceca (2013-yil 5-avgust). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  7. „Úřad vyšel Kellnerovi vstříc, dal povolení zbourat hotel Praha“ (cs). Lidovky.cz (2013-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  8. Baker. „The Weird, Wacky Wonderworld Of Communist-Era Hotels“. RadioFreeEurope/RadioLiberty (2018-yil 27-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  9. „Jan Koller promluvil o proslulé párty s prostitutkami na pokoji číslo 433“ (cs). iDNES.cz (2022-yil 9-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  10. 10,0 10,1 „Communist-era Hotel Praha set for demolition“. Radio Prague International (2013-yil 10-iyul). Qaraldi: 2023-yil 10-may. „Communist-era Hotel Praha set for demolition“. Radio Prague International. July 10, 2013. Retrieved May 10, 2023.
  11. 11,0 11,1 Česká televize. „Zánik hotelu Praha je neodvratný, povolení k demolici platí“ (cs). ČT24 (2014-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  12. „VIDEO: Z hotelu Praha už nic nezbylo. Podívejte se, jak šel k zemi“ (cs). iDNES.cz (2014-yil 10-iyun). Qaraldi: 2023-yil 10-may.
  13. Kučera. „Zbořený socialistický monument: Luxusní hotel pro komunistické papaláše zdemoloval nejbohatší Čech“ (cs). ČtiDoma.cz (2021-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 11-may. Kučera, Jakub (September 17, 2021). „Zbořený socialistický monument: Luxusní hotel pro komunistické papaláše zdemoloval nejbohatší Čech“ [Destroyed socialist monument: Luxury hotel for Communist party officials was demolished by the richest Czech]. ČtiDoma.cz (in Czech). Retrieved May 11, 2023.
  14. „Czech billionaire Petr Kellner is among five killed in Alaska crash“. BBC News (2021-yil 29-mart). Qaraldi: 2023-yil 10-may.