Tom Cruise
Tom Cruise | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
Thomas Cruise Mapother IV 3-iyun 1962-yil |
Fuqaroligi |
![]() |
Kasbi | Aktyor, produser,rejissor,senariychi |
Faoliyat yillari | 1981-yildan bugungi kungacha |
Bolalari | 3 |
Mukofotlari |
|
Sayt | tomcruise.com |
Tom Cruise (Thomas Cruise Mapother IV 1962-yil 3-iyulda tugʻilgan)- Amerikalik aktyor, rejissyor, ssenariynavis va kino prodyuseri. Uch karra „Akademiya(Oscar)“ mukofoti nomzodi, uchta „Oltin globus“ mukofoti sohibi.
Box Office Mojo malumotlariga koʻra $ 570 million dollar mablagʻi bilan dunyodagi eng yuqori maosh oluvchi aktyorlardan biri hisoblanadi. Uning filmlari Shimoliy Amerikada $ 4 milliard dollar, butun dunyo boʻylab $ 10,1 milliard dollardan ortiq foyda keltirgan.U barcha davrlarning eng yuqori kop daromad keltirgan aktyorlardan biridir.

Hayot yoʻli[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tom oiladagi uchinchi farzand, uning uchta singlisi bor.Hozirda akasining mashhurligidan yashirinib Okeaniyada yashashadi. Tomning onasi Meri Li Phaypher oʻqituvchi-defektolog,Tomas Kruizning otasi Mapoter III esa muhandis edi. Ish qidirishda oila tez-tez koʻchib yurardi, bu aktyorning bolaligining qiyin sabablaridan biri boʻldi. Tom 12 yoshida, ota-onasi ajrashishdi. 14 yoshida u AQSh va Kanadadagi 15 ta maktabni oʻzgartirdi. Nihoyat, Tomning oilasi boʻlajak aktyor oʻrta maktabni tugatgan Nyu-Jersi shtatidagi Glen Ridjda joylashdi .
Tom aktyorlik faoliyatini 1981-yilda " Cheksiz sevgi " filmidagi kichik roldan boshlagan. Uning shuhrat qozongan birinchi asosiy roli " Xavfli biznes " (1983) filmida suratga tushgan .
Birinchi rafiqasi (1987-1990) Mimi Rogers .
Ikkinchi rafiqasi (1990-2001) Nikol Kidman .(asrab olingan ikkita farzand: qizi Izabella Jeyn va oʻg'li Connor Entoni.)
Uchinchi fafiqasi (2006-2012) Keti Xolms - 2012-yil avgust oyida rasmiy ravishda ajrashgan. qizi Suri Kruz (2006-yil 18-aprelda tugʻilgan).
Mimi Rogers bilan turmush qurgandan ajrashganidan soʻng, Kruiz aktrisa Nikol Kidmanga uylandi.
Kruiz va Kidmanlar oilasi 2001- yilda 9 yil va 11 oylik nikohdan keyin ajralishdi. Ushbu nikohdan Kruiz asrab olingan ikkita farzand qoldi qizi Izabella Jeyn va oʻgʻli Connor Entoni.
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy Maqolaga qarang Tom Cruise filmografiyasi
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() |
Wikimedia Commonsda Tom Cruise mavzusiga oid fayllar bor. |