Hotamboy madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Hotamboy madrasasi

Hotamboy madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Qashqadaryo viloyati
Shahar Qarshi
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Maqomi saqlanib qolmagan

Hotamboy madrasasi — Qarshi madrasasi. Hotamboy madrasasi oliy madrasalar toifasiga kiradi. Madrasa toʻgʻrisida XIX asrga oid ikkita hujjatda maʼlumot uchraydi. Ulardan birida shunday deyiladi: „Sohibim, bandayi ojiz hukmdorimiz janobi oliyning aziz va muborak boshiga tasadduq boʻlsin. Qarshi viloyatidagi Hotamboy madrasasi mudarrisi mulla Komil vafot etdi va uning dars beradigan oʻrni boʻsh qoldi. Shu sababdan Azim sayyid madrasasi ilm tolibi mudarris mulla Tohir xoja ushbu duogoʻy gʻulomingiz oldiga kelib, nurga chulgʻangan oliy zot sohibimni duo qilib, ahvolini bayon etdi. Tasadduqingiz boʻlay, mazkur Tohir xoja dars berishga loyiq, gʻayratli va kamsukum kishidir. Qiblagohim, xusravona marhamatingiz bilan mudarris Tohir xoja vafot etgan mulla Komilning joyiga oʻtkazilsa, xursandchilikdan boshi koʻkka yetib, duo qilgay. Bu nodon duoguyingizning ojiz fahmicha, u shunga loyiqdir. Buni janobi oliyning uzlari yaxshi bilgaylar…“ Ikkinchi hujjatda mulla Tohir xojaning Hotamboy madrasasiga oʻtganligi tufayli, Azim sayyod madrasasida uning joyi boʻsh qolgani haqida gap boradi[1]. Inqilobning ilk davrlarida dam u mavjud edi. 1924-yilda Qarshida katta yongʻin chiqadi va shahardagi savdo rastasi yonib ketadi. Hotamboy madrasasi shu rastalar qatorida joylashgan ekan. Madrasa ham yongʻin ichida qoladi. Shu bilan u qayta tiklanmaydi. Mazkur kuygan rastaning aniq oʻrni maʼlum emas. Lekin Qarshi registondan Sharshara darvozasigacha ikki qator yopiq, rasta boʻlgani toʻgrisidagi maʼlumotlar mavjud. Umidillo bobo ismli shaxs ushbu rastlarni koʻrgani haqida gapirib beradi. Shu rastalarning birortasiga oʻt tushgan boʻlishi mumkin. Umuman, shu kabi maʼlumotlar Xotamboy madrasasi Registon va Sharshara darvozasi oldida joylashgan deyishga undaydi[2].


Meʼmorchiligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hotamboy madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jumanazar A. K. Nasaf. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007 — 204 bet. 
  2. Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 639 bet.