Hosil Fozilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Hosil Fozilovich Fozilov (1909.28.8 Toshkent 2003.8.3) - energetik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1956). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959); Uzbekistonda xizmat koʻrsatgan energetik (1989). Texnika fanlari doktori (1953), prof (1954). Oʻrta Osiyo industrial intini tugatgan (1934). Toshkent politexnika intida assistent (193537), ToshPIda katta oʻqituvchi, dotsent (194047), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi katta ilmiy xodimi (1947—56), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika instituti direktori (1956—62), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bosh ilmiy kotibi (1956—62), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi texnika boʻlimi boshligʻi (1962—63), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatika instituti lab. boshligʻi (1963— 69), ToshTU kafedra mudiri (1969— 93), kafedra professor (1993-yildan). Fozilov elektr tizimlari rejimlarini tahlil qilish nazariyasining asoschilaridan biri.

Ilmiy ishlari elektr energiyasini uzok, masofaga uzatish muammolarini hal etish, elektr energetikasini rivojlantirish muammolariga bagʻishlangan. Uning rahbarligida respublikaning elektr energetika resurslarini oʻzlashtirish loyihalari ilmiy jihatdan asoslab berildi, elektr tizimlarini hisoblash algoritmi yaratiddi. Fozilov respublikaning energetika va suv muammolarini yechishga katta hissa qoʻshgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Optimizatsiya rejimov elektroenergeticheskix sistem, T., 1987; Us t anovivshiyesya rejimi elektroenergeticheskix sistem i ix optimizatsiya (v soavtorstve). T., 1999.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hosil Fozilovich Fozilov (bibliografiya), T., 1984.