Kontent qismiga oʻtish

Hokimiyatning 48 qoidasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hokimiyatning 48 qoidasi
Muallif(lar) Robert Greene
Tarjimon(lar) Fahriddin Sodiq
Mamlakat AQSh
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i Shaxsiy rivojlanish
Nashr etilgan sanasi 1998 (Viking Press)
Nashriyot Inof Capital Books
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2022
Sahifalar soni 692 bet
ISBN 978-9943-5445-0-5

Hokimiyatning 48 qoidasi (1998) – amerikalik yozuvchi Robert Greenening shaxsiy rivojlanish haqidagi kitobi[1]. U The New York Timesning eng koʻp sotilgan kitobi boʻlib, Qoʻshma Shtatlarda 1,2 million nusxadan ortiq xarid qilingan[2][3].

Greene Gollivudda yozuvchi sifatida ishlab yurgan kezlarida „Hokimiyatning 48 qoidasi“ asaridagi baʼzi dastlabki gʻoyalarni shakllantirgan va kitobning ustuvorligi tarix davomida kuchli shaxslar bilan oʻxshash xususiyatlarni birlashtirganligida boʻlishi kerak degan xulosaga keladi[4]. 1995-yilda Greene Fabrica, sanʼat va media maktabida yozuvchi boʻlib ishlagan va Joost Elffers ismli kitob muqovalovchisi bilan uchrashgan[5][6]. Greene Elffersga hokimiyat haqida kitob yozish niyatida ekanligini aytadi.

Garchi Greene oʻz ishidan mamnun boʻlmasa-da, u oʻzini xotirjam his etar va kitob yozish uchun oʻsha davrni juda xavfli deb bilardi[7]. Biroq, oʻsha paytda yozuvchi Julius Caesar haqidagi sevimli tarjimai holini qayta oʻqiyotgan edi va Caesarning Rubicon daryosidan oʻtish hamda Pompey bilan jang qilish qaroridan ilhomlanib, kitobni yozishga qaror qiladi[7]. Shunday qilib, Greenening yozganlari keyinchalik „Hokimiyatning 48 qoidasi“da jamlanadi[7]. Yozuvchi buni hayotining burilish nuqtasi sifatida qayd etadi[7].

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Carol Kennedy Director jurnalida shunday yozadi: „Greenening baʼzi „qoidalari“ bir-biriga qarama-qarshi koʻrinadi“, u shuningdek, kitob „zerikarli va didaktik“ ekanligini taʼkidlaydi[8]. Newsweek jurnalida Jerry Adler qoidalarning bir-biriga zid boʻlgan usullarini sanab oʻtadi va shunday deb taʼkidlaydi: „Teskari tomondan qaraydigan boʻlsak, Greene haqiqatan ham Bibliyaning Yangi Ahd boʻlimida kuzatilganidan beri ilk marta kamtarlik va noaniqlik uchun eng yaxshi dalillardan birini keltirdi“[9]. Kirkus Reviewsning taʼkidlashicha, Greene oʻzining dunyoqarashini tasdiqlovchi hech qanday dalil keltirmaydi, uning qonunlari bir-biriga zid keladi va kitob „shunchaki bemaʼnilik“[10].

„Hokimiyatning 48 qoidasi“ Millsaps va Ramapo kolleji tomonidan oʻrganib chiqilgan[11][12]. Stanford universitetidan Jeffrey Pfefferning taʼkidlashicha, Greenening qoidalari qatʼiy tadqiqotlarga emas, balki alohida misollarga asoslangan[4].

„Hokimiyatning 48 qoidasi“ Qoʻshma Shtatlarda 1,3 million nusxadan ortiq sotilgan va 24 tilga tarjima qilingan[5]. Fast Company kitobni „mega kult klassikasi“ deb ataydi va Los Angeles Times gazetasida taʼkidlanishicha, „Hokimiyatning 48 qoidasi“ Greeneni „hip-hop, Gollivud elitasi va qamoqxonadagi mahbuslar orasida diniy qahramon“ga aylantirgan[5][13].

Kitob Amerika qamoqxonalari kutubxonalarida koʻp soʻralayotgani xabar qilingan[4][14]. Repper 50 Cent muallif bilan „darhol“ bogʻlanganini aytadi va Greenega potensial hamkorlik istiqboli bilan murojaat qiladi, bu keyinchalik The New York Timesning yana bir bestselleri boʻlgan „50-qonun“ yaratilishiga olib keladi[15]. Busta Rhymes va Derrius Jackson muammoli kino prodyuserlari bilan shugʻullanish uchun „Hokimiyatning 48 qoidasi“dan foydalanishgan[6]. „Hokimiyatning 48 qoidasi“ UGK, Jay Z, Kanye West, Central Cee, MF DOOM va Drakening qoʻshiqlarida ham tilga olingan[16][17][18][19]. 2014-yilda American Apparel asoschisi va sobiq bosh direktori Dov Charneyning ushbu kompaniya tomonidan faoliyati tugatilgan, u kengash yigʻilishlarida tez-tez qoidalardan iqtibos keltirgan, doʻstlari hamda xodimlariga kitobning nusxalarini bergan va Greeneni hozirda tugatilgan American Apparel direktorlar kengashi aʻzosi etib tayinlagan[5][20][21]. Kitob muallifi Kubaning sobiq prezidenti Fidel Castroni ham kitobni oʻqiganligi haqida daʼvo qilmoqda[5]. Kitob AQShning bir qancha qamoqxonalari tomonidan taqiqlangan[22].

  1. Greene, Robert. The 48 Laws of Power. New York: Penguin Books, 2000 — 452-bet. ISBN 0140280197. 
  2. „Business Bestsellers“. New York Times (1998-yil 8-noyabr).
  3. Green, Hardy. Best Selling List. BusinessWeek.
  4. 4,0 4,1 4,2 Blake, John. How to Master the ‘48 Laws of Power’. CNN. March 15, 2010.
  5. 5,0 5,1 5,2 5,3 5,4 Chang, Andrea. American Apparel’s in-house guru shows a lighter side. LA Times. August 30, 2011.
  6. 6,0 6,1 Paumgarten, Nick. Fresh Prince. New Yorker. November 6, 2006.
  7. 7,0 7,1 7,2 7,3 Perlroth, Nicole. Robert Greene on Power Ambition Glory. Forbes. June 16, 2009.
  8. Kennedy, Carol (1999), The 48 Laws of Power By jurin of XG, Director Publications, qaraldi: January 12, 2014[sayt ishlamaydi]
  9. Adler, Jerry (1998). „The Prince Wants a Word With You“. Newsweek. 132-jild, № 16. January 12, 2014da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: May 26, 2020.
  10. „The 48 Laws of Power“. Kirkus Reviews. Qaraldi: 2014-yil 12-yanvar.
  11. „48 Laws of Power Syllabus“. Millsaps College. 2011-yil 1-martda asl nusxadan arxivlangan.
  12. „The 48 Laws of Power Syllabus“. Ramapo College. 2020-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-iyun.
  13. Johnson, Lynn. „The 50 Cent Bible“. Fast Company. September 10, 2009.
  14. Garner, Dwight. „The Readers Behind Bars Put Books to Many Uses“. The New York Times. October 19, 2010.
  15. Burkeman, Oliver. „When the gangsta rapper met the self-help guru“ (2009-yil 4-sentyabr).
  16. „Kanye West – Primetime Lyrics“. RapGenius.
  17. UGK. Living This Life.
  18. Central Cee – Ungrateful, qaraldi: 2022-07-04
  19. „Drake – What I'm Thinkin' Right Now Lyrics“. RapGenius.
  20. Li, Shan „American Apparel fires founder Dov Charney after internal investigation“ (en-US). Los Angeles Times (2014-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  21. Robertson, Michelle „American Apparel to close all of its stores“ (en-US). SFGATE (2017-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 4-may.
  22. „Books Banned in U.S. Prisons Featured at Minneapolis Art Festival“ (video). Unicorn Riot Media (2018-yil 25-iyun).