Hoji Alakbar masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hoji Alakbar masjidi
ozarbayjoncha: Hacı Ələkbər məscidi
Mamlakat  Ozarbayjon
Joylashuvi Fuzuliy shahri
Yoʻnalishi shia
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Meʼmor Karbalayi Safixon Qorabogʻiy
Binokorlik sanasi 1890 yil
Minoralar soni 2
Holati vayron qilingan

Hoji Alakbar masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Ələkbər məscidi) Ozarbayjonning Fuzuliy shahrida joylashgan masjid. Ayrim manbalarda masjid nomi Hoji Alekber masjidi deb ham beriladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hoji Alakbar masjidi 1890-yilda oʻsha davrning taniqli meʼmori, Shusha shahridagi Yuxari Govhar ogʻa masjidi va Ashagʻi Govhar Ogʻa masjidi, Agʻdamdagi Adam masjidi, Horadiz va Qochahmadli qishloqlaridagi masjidlar, Odessadagi Tatar masjidi, Ukraina va Turkmanistonning Ashxobod shahridagi Qababagʻlilar masjidlari meʼmori Karbalayi Safixon Qorabog'iy tomonidan qurilgan[1].

Ushbu islom meʼmorchiligi yodgorligi Qorabogʻdagi 300 ta diniy yodgorliklar qatoriga kiradi, shuningdek, masjid Fuzuliy shahrida joylashgan Qiyas ad-Din masjidiga oʻxshashligi bilan ham mashhur[2]. Hoji Alakbar masjidi Fuzuliy shahri bilan birga 1993-yilda arman qoʻshinlari tomonidan bosib olingan[3][4] va ishgʻol paytida uning holati nomaʼlum boʻlgan. Keyinchalik shahar Ozarbayjon tomonidan qaytarib olinganidan keyin Hoji Alakbar masjidining vayron qilinganligi aniqlangan[5][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „XVIII-XIX ƏSRLƏRDƏ QARABAĞDA MEMARLIQ“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-avgust.
  2. „Elmi-təcrübi konfrans“. 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 2-avgust.
  3. „XIX əsrdə memarlığın inkişafı“. 2012-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-iyul.
  4. „Tarixi türbənin harayı“ (2010-yil 15-yanvar). 2011-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-iyul.
  5. „2021 Report on International Religious Freedom: Armenia“. United States Department of State (2022-yil 2-iyun). Qaraldi: 2022-yil 5-iyun.
  6. „Haji Alakbar Mosque“ (2020-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 8-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]