Kontent qismiga oʻtish

Hit the Road Jack

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Hit the Road Jack“
Ray Charles qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1961-yil avgust
Yozib olingan 1961-yil iyun
Janr R & B
Davomiyligi 2:00
Leybl ABC-Paramount
Lirik ijodkor(lar) Percy Mayfield
Prodyuser(lar) Sid Feller

Hit the Road Jack – Amerikalik qoʻshiqchisi Ray Charles tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq 1961-yil AQShda eng yaxshi hit deb topilgan[1] va Best Rythm and Blues Recording yoʻnalishida Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan[2].

Qoʻshiqni dastlab 1960-yilda Percy Mayfield tomonidan yozilgan va a cappella demo sifatida Art Rupega taqdim etilgan. Keyinchalik trek Ray Charles tomonidan ijro etilgandan soʻng mashhurlikka erishgan.

Qoʻshiq 1961-yil 9-oktyabr, dushanba kuni taqdim etildi va shu kundan boshlab Billboard Hot 100 chartida ikki hafta davomida birinchi oʻrinni egalladi. Hit the Road Jack eng Best Rythm and Blues Recording yoʻnalishida Grammy mukofotiga sazovor boʻlgan. Qoʻshiq Rolling Stone jurnalining "Barcha davrlarning eng yaxshi 500 qoʻshiqlari reytingida 2010-yil natijalariga koʻra 387-oʻrin va 2004-yilgi reytingda 377-oʻrindan joy olgan edi[3][4].


  1. „Taking a crack at the history of 'Jack'“ (en). Tampa Bay Times. Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.
  2. „Ray Charles“ (en). GRAMMY.com (2020-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-yanvar.
  3. „The 500 Greatest Songs of All Time“. Rolling Stone. 2010-05-28. 2011-05-28da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2023-03-17.
  4. „The RS 500 Greatest Songs of All Time“. Rolling Stone. 2004-12-09. 2008-06-21da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2023-03-17.