Vijdon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Vijdon — axloqiy tushuncha, yaxshilik nima-yu, yomonlik nimaligiga javob beradigan ichki ishonch, oʻz xattiharakatlari uchun axloqiy masʼuliyatni anglash. V. shaxsning axloqiy jihatdan oʻz-oʻzini nazorat qila olish, oʻzida axloqiy burchni mustaqil shakllantirish hamda oʻzidan uni ado etishni talab qilish va oʻz xatti-harakatlariga baho berish qobiliyatini ifodalaydi. V. dastlabki axloqiy mayl boʻlib, tashqi taʼsir tufayli rivojlanishi yoki soʻnishi mumkin. U ehtiros, hissiyot shaklida shaxsning oʻz xatti-harakatlari uchun uyalish, pushaymon boʻlish yoki axloqiy qoniqish sifatida namoyon boʻladi. V. yaxshilik, burch, baxt, halollik kabi boshqa axloqiy tushunchalar bilan bogʻliq. Jamiyatning rivojlanishi, maʼnaviy, axloqiy yuksalishi bilan V. tushunchasining mazmuni va mohiyati boyib boradi. Uning mohiyati ijtimoiy muhit bilan belgilanadi. Vijdon erkinligi tushun-chasi V. tushunchasining muayyan qismini tashkil etadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Karimov I. A., Istiqlol va maʼnaviyat, T., 1994.