Hindistonda terrorizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hindistondagi terroristik hodisalar xaritasi (1970–2016).

Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, boshqa davlatlar bilan solishtirganda, Hindiston koʻproq terroristik guruh hujumlariga uchraydi va ularga asosan islomiy, hindu, sikx, separatistik, narkoterrorizmlar[1][2][3]kiradi. Hindiston terrorizmdan eng koʻp zarar koʻrgan davlatlardan biridir. Faqat 1996-yildan 2006-yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida terrorizmdan 53 mingdan ortiq odam vafot etgan va taxminan 550 ming odam jarohatlangan[4].

Hindistondagi terrorchilik guruhlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

SATP (Janubiy Osiyo Terrorizm darvozasi) Hindistonda soʻnggi 20 yil ichida faoliyat yuritayotgan 180ta terrorchi guruhlar roʻyxatini tuzgan boʻlib, ularning koʻpchiligi Janubiy Osiyoning qoʻshni Bangladesh, Nepal va Pokiston davlatlarida faoliyat yurituvchi transmilliy terrorchilik tarmoqlari roʻyxatiga kiritilgan[5]. Ulardan 38tasi UA§ qonunining 1967-yildagi Hindiston tomonidan taqiqlangan terroristik tashkilotlarning joriy roʻyxatiga kiritilgan[6]. 2012-yildan beri ularning koʻpchiligi AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan ham taqiqlangan[7].

Hozirda Hindistonda bir qancha yirik terrorchilik oʻchoqlari mavjud. Jammu va Kashmir, Sharqiy Markaziy va Janubiy Markaziy Hindiston (Naxalitlar) uzoq muddat terrorchilik avj olgan hududlar boʻlgan. 2008-yil avgust oyida Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi M.Narayan mamlakatda 800ga yaqin terroristik guruhlari faoliyat yuritayotganini taʼkidlagan[8]. 2013-yilda mamlakatning 608 tumanidan 205 tasi terrorchilik faoliyatidan jabr koʻrgan[9]. AQSH Davlat departamenti maʼlumotlariga koʻra, 2012-yilda Hindistondagi teraktlar natijasida 231 nafar tinch aholi halok boʻlgan, dunyo boʻylab esa 11098 nafar insonlar terroristik hujumlar qurboni boʻlgan[10] .

Ommaviy axborot vositalarida Hindistondagi terrorizm Pokiston tomonidan homiylik qilingani haqida daʼvo qilingan. Pokiston esa har doim Hindistonning ayblovlarini inkor etib kelgan va oʻz navbatida Hindistonga, Pokistonga qarshi terrorizmni moliyalashtirganlikda ayblov qoʻygan[11].

Hindiston shimoli-sharqida hali ham kichik etnik guruhlar orasida, qurolli kurashlar juda mashhur. 2012-yilda Hindiston shimoli-sharqida 1025ta terakt sodir boʻlgan, natijada 97 nafar tinch aholi va 14 nafar xavfsizlik kuchlari hodimlari halok boʻlgan[12].

2016-yil iyul oyida Hindiston hukumati, 2005-yildan buyon Hindistonda 707 kishining hayotiga zomin boʻlgan va 3200 dan ortiq kishi jarohat olgan bir qator teraktlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilgan[13].

2018-yil sentabr oyi oʻrtalarida Hindiston politsiyasi Ganesh Chaturthi bayramida, Kanpur shahrida terrorchilik harkatini sodir etmoqchi boʻlgan Xizbul Mudjaxidin guruhini qoʻlga olinganini eʼlon qildi[14].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hindistonda separatizm

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Hoffman B. (2006), Inside terrorism, Columbia University Press, ISBN 978-0231126984
  2. „Left Wing Extremist (LWE) Data“. www.satp.org. 2021-yil 6-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.
  3. Sharma (2013), Growing overlap between terrorism and organized crime in India: A case study, Security Journal, 26(1), 60-79
  4. „Индийский терроризм: история и современность“. 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  5. „India - Terrorist Groups“. www.satp.org. 2019-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.
  6. „NIA :: Banned Terrorist Organisations“. web.archive.org (2016-yil 10-yanvar). 2016-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.
  7. „Chapter 6. Foreign Terrorist Organizations“. U.S. Department of State. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.
  8. „'800 terror cells active in country' | India News – Times of India“ (en). The Times of India (2008-yil 12-avgust). 2020-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.
  9. „India Assessment 2016“. www.satp.org. 2019-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.
  10. „Источник“. 2021-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-dekabr.
  11. „Pakistan Army accuses India of 'state-sponsored terrorism'“. www.aljazeera.com. 2019-yil 5-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.
  12. „Куда идет индийский терроризм?“. 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
  13. „Since 2005, terror has claimed lives of 707 Indians | India News – Times of India“ (en). The Times of India (2016-yil 16-iyul). 2020-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.
  14. „UP Anti-Terrorism Squad arrests Hizbul terrorist in Kanpur for planning attack on Ganesh Chaturthi“. Firstpost. 2019-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 2-noyabr.