Hindiston matbuoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vaqtli matbuot nashrlari sonining oʻsib borishi boʻyicha Hindiston duyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Mamlakat hududida 49 ming 145 nomda gazeta va jurnallar chop etiladi. Chunonchi, oʻtgan asrning oxirgi yillarida ularning soni 46 ming 655 tani tashkil qilgan boʻlsa, bugunga kelib, qisqa vaqt ichida ular soni 5,34 foizga koʻpaygan. Hindiston matbuoti uchun koʻp tillilik xos boʻlib, mamlakat hududidagi matbuot nashrlari 100dan ziyodroq tillarda chop etiladi. Vaqtli nashrlarning eng koʻpi – 19.865 tasi hindiy tilida, 7.715 tasi ingliz tilida, 2.848 tasi urdu tilida chiqariladi. Kundalik gazetalar kashmir tilidan tashqari Hindistonning qariyb barcha tillari (dialektlari)da nashr qilinadi. Vaqtli matbuot mamlakatning barcha shtat va hududlarida chiqadi. Kundalik gazetalarni chiqarish boʻyicha Uttar Pradesh shtati yetakchilik qiladi. XXI asrning dastlabki yillarida hind gazetalarining umumiy adadi 12 milliardni tashkil qilgan[1]. Mamlakatda hozirga qadar OAV orasida matbuot oʻz yetakchiligini qoʻldan bermay kelmoqda. Matbuot nashrlarining xarakteri turlicha boʻlib, ular har xil ijtimoiy, milliy, iqtisodiy kompaniyalar bilan bir qatorda aynan matbuot uchun ixtisoslashgan yirik tashkilotlar yordamida ham chiqadi. Jumladan, “Indian Newspaper Society” (INS - “Hind gazetalalari jamiyati”) tomonidan mamlakat miqyosida 733 ta matbuot nashri chop etiladi. Ulardan 338 tasi kundalik, 105 tasi haftalik, 56 tasi haftada 2 marotaba, 54 ta oylik nashrlar va yana boshqa turdagi nashrlar. Uning gazetalari orasida eng yirigi va mashhuri “Indian Today” (“Bugungi Hindiston”) 410,055 adadga ega[2].

Hindiston matbuot nashrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindistondagi eng yirik matbuot nashrlariga quyidagilarni kiritish mumkin (adadlar1996-yil maʼlumoti): “Molyanan Monashara” - 811.639 nusxa “Gujarot Samachar” - 680.517 nusxa “Tayms of India” - 988.676 nusxa “Sandin” - 537.083 nusxa “Sandi Tayms” - 1.090.453 nusxa. “Hindu” - 536.438 nusxa. “Ananda Bazar Patrike” - 503.604 nusxa [2, 4].

Hindiston radiotelevideniyesi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hindiston qariyb 70 % aholisi savodsiz boʻlgan mamlakat va bu albatta mamlakatda radio va televideniyening rolini pasaytirmaydi. Hindistonda 48 tadan ortiq radiostansiyalar mavjud boʻlib, ular turli mahalliy hududlar sharoitidan kelib chiqib, oʻsha hududlar uchun nisbatan asosiy boʻlgan 80 dan ortiq dialektda oʻz dasturlarini uzatadi. Umum Hindiston radiosi yangiliklar, turli mavzudagi suhbatlar, qishloq aholisi uchun maxsus eshittirishlar, munozaralar, musiqiy, adabiy hamda bolalarga bag‘ishlangan eshittirish dasturlari bilan mamlakatda mashhur. Kalkutta, Bombey, Madras va Dehli kabi markaziy shaharlarda bir qator tijoriy radiokanallar ham faoliyat koʻrsatishadi. Ular dasturlarining asosini reklamalar hamda xorijiy auditoriyaga moʻljallangan dasturlar muhim oʻrin egallaydi [3]. Hindistonda ilk telestansiya 1959-yilning 15-sentyabrida ochilgan. 1960-70 yillarda Dehli va Bombeyda, 1974-yilga kelib Madras, Kalkutta va Kanpurda telemarkazlar birin-ketin ishga tushdi. Televideniye nodavlat tashkilot maqomini ola boshladi. 1976-yilning aprelidan davlat televideniyesi umumhindiston radiosidan ajralib chiqdi va “Durdarshan” deb nomlana boshladi. Soʻnggi yillarda mamlakatdagi mavjud ommaviy savodsizlikni kamaytirish va bu yoʻlda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan axborot taqchilligining oldini olish maqsadida 1980-90 yillarda televideniye sohasida jiddiy ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshirishga erishildi. Mazkur oʻzgarishlar televideniye sohasiga davlat mablag‘i bilan birga xususiy sarmoyalarni jalb etishni yoʻlga qoʻyish va provard natijada yangi texnik-texnologiya va kadrlar malakasini oshirish masalalarining oson hal boʻlgani bilan izohlanadi [4]. Hindiston televideniyasi faoliyati va dasturlarini mamlakat boʻylab tez tarqalishiga bir qator jiddiy toʻsiqlar mavjud. Bulardan biri aqolining qariyb 70 foizi qishloq joylarida yashaydi va koʻpchilik qishloqlar elektrlashtirilmagan yoki elektr taʼminoti borasida qali ham jiddiy kamchiliklar bartaraf etilmagan. Hozirgi vaqtda Hindiston televideniyasidagi dasturlarning uchdan bir qismi dam olish, 20-25 %i maʼrifiy, 20 %i axborot va qolgani ijtimoiy va boshqa jiddiy masalalarga bag‘ishlangan [6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Vestnik. Moskva: Jurnalistika, 2006. 
  2. „Indian Magazines, Journals and Periodicals“. W3newspapers. Qaraldi: 7-dekabr 2022-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]