Hilda Crozzoli
Hilda Crozzoli | |
---|---|
Tavalludi |
Hilda Johana Crozzoli 16-avgust 1900-yil |
Vafoti |
10-avgust 1972-yil (71 yoshda) Zalsburg |
Fuqaroligi | Avstriya |
Kasbi | meʼmor, muhandis |
Hilda Crozzoli (talaffuzi: Xilda Krozoli; 16-avgust 1900-yil, Zalsburg — 10-avgust 1972-yil, Zalsburg) — Avstriyadagi birinchi ayol meʼmor va qurilish muhandislaridan biri[1][2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hilda Johana Crozzoli 1900-yil 16-avgustda Avstriyaning Zalsburg shahrida tugʻilgan[3]. Otasi Ambrogio (Ambros) Crozzoli (1870—1925), onasi esa Lucia Antonia Santarossa (1871—1957) boʻlib, ular 1882-yilda turmush qurishgan[3]. Hildaning oilasi uzoq yillar davomida Salzburgning rivojlanishida muhim rol oʻynagan Shimoliy Italiyadan boʻlgan friul quruvchi-muhandislar oilasidan chiqqandi[4][5]. Ambrogio Crozzoli 1907-yil 12-fevralda oʻzi va oilasi uchun Avstriya fuqaroligini olishga hujjat topshiradi va 1915-yil 5-yanvarda Zalsburgning Maksglan tumanida fuqarolik (Heimatrecht) huquqini olishadi. Hildaning onasi faqat italyancha gapirgan va nemis tilini hech qachon oʻrganolmagan.
Hilda yetti farzandning toʻrtinchisi boʻlgan, lekin uning ikki akasi goʻdakligida vafot etib, faqat qizlar tirik qolgandi. Boshlangʻich va oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Crozzoli Zalsburgdagi davlat savdo maktabida qurilish boʻyicha toʻrt yillik kursni tugatadi va 1921-yilda yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirib, Avstriyaning birinchi meʼmori boʻldi. Shuningdek, Hilda davlat savdo maktabining qurilish muhandisligi fakulteti tarixidagi birinchi ayol kishi boʻlgan bitiruvchisi ham edi[6][7].
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1917-yil 1-avgustda Hilda otasining arxitektura va qurilish kompaniyasiga shogird sifatida ishga kiradi[8]. 1921-yil 1-martidan 1925-yil 11-avgustigacha otasining kompaniyasida qurilish texnigi, ish boshqaruvchi boʻlib ishlagan. Ushbu kompaniyada ishlashdan tashqari, Hilda Shneegattern va Venada shahar meʼmori Josef Cwertschek bilan ham ishlagan.
Otasining P&A Crozzoli kompaniyasida qurilish muhandisi sifatida Hilda Hofstall-Kasernedagi yirik otliq kazarma va otxonani zamonaviy Haus der Natur Salzburg, yaʼni tabiiy tarix muzeyiga aylantirishda rahbarlik qilgan. Bino shaharning markazida joylashgan[9].
1926-yil 1-iyuldan Hilda Zalsburgdagi universal qurilish kompaniyasida ishlay boshladi.
1927-yil 12-maydan 14-maygacha Crozzoli Klagenfurtda Baumeister (odatda usta quruvchi deb ataladigan meʼmor va qurilish muhandisi) unvoni uchun imtihonlarni topshiradi[10]. Bu Zalsburg ommaviy axborot vositalarida keng yoritilgan va Verein Deutsch Österreichischer Ingenieure (Avstriyalik nemis muhandislari assotsiatsiyasi) unga tabrik yoʻllashgan.
1928-yilda Hilda mustaqil faoliyatini boshlaydi. Mustaqil meʼmor va qurilish muhandisi boʻlib ishlaydi. 1929-yilgacha uning sherigi Josef Sindinger boʻlgan, keyinchalik Richard Bandian bilan ishlar boshlaydi. Ular 1934-yil 1-fevralda turmush qurishadi. 1934-yilda Hilda va uning qurilish kompaniyasi Reichenhallerstraße 19 (hozirgi Reichenhaller Straße 27) ga koʻchib oʻtishdi.
1928-yildan 1966-yilgacha uning rahbarligidagi Crozzoli-Bandian kompaniyasi 65 ta bino qurgan. 1927—1928-yillarda Salzburgning Shalmos tumanida „farovonlik posyolkasi“ deb ataladigan „Fürsorge-Siedlung“ni barpo etishadi.
Ikkinchi jahon urushi davrida 15 ta havo reydlari sababli shahar binolarining 46 foizini vayron qilingan[11] va Crozzoli-Bandian kompaniyasi urushdan keyingi rekonstruksiya ishlarida ishtirok etgan.
1945-yilda Hilda urush davomida fashistlar tomonidan bosib olingan Leopoldskron qal’asining buzilgan binosini taʼmirlaydi. Uning kompaniyasi Goldener Hirsch mehmonxonasini (1945—1946) va Bankhaus Daghofer (1968) qayta qurib, tiklashgan.
Shuningdek, 1965-yilda Zalsburg universiteti uchun Wallistraktes der Residenzni rekonstruksiya qilgan.
Hilda 1972-yil 10-avgustda Zalsburgda uzoq davom etgan kasallikdan soʻng vafot etdi[12]. U Maksglaner qabristoniga dafn etilgan[13].
Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hildaning hozirda koʻplab qurgan binolari saqlanib qolgan va sayyohlarga Zalsburgning meʼmoriy ekskursiyalarida eslatib oʻtiladi. Zalsburgdagi ayol meʼmorlarga bagʻishlangan 2013-yildagi Künstlerhausdagi Frauen machen Sichtbar koʻrgazmasida Crozzoli ishlari hma namoyish qilingan[7].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]II darajali „Harbiy xizmatlari uchun“ xochi (1944-yil 1-sentyabr), Zalsburg qurilish sanoati uchun oltin uzuk (1965-yil 11-mart) bilan mukofotlangan
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „WOMEN ARE MAKING HISTORY“ (1938-yil 24-avgust), s. 8. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
- ↑ „WOMEN ARE MAKING HISTORY“. Advertiser (Adelaide, SA : 1931 - 1954) (1938-yil 24-avgust), s. 8. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
- ↑ 3,0 3,1 „Taufbuch - TFB16 | Salzburg-Mülln | Salzburg: Rk. Erzdiözese Salzburg | Österreich | Matricula Online“. data.matricula-online.eu. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
- ↑ UNIVERSITÄT SALZBURG. „BRIDGE OF KNOWLEDGE COMING|GOING|STAYING“.
- ↑ „Salzburg City of Migration“.
- ↑ „WOMEN ARE MAKING HISTORY“. Advertiser (Adelaide, SA : 1931 - 1954) (1938-yil 24-avgust), s. 8. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
- ↑ 7,0 7,1 „Salzburger Nachrichten“ (2013).
- ↑ „BAUBERICHT“.
- ↑ „z“.
- ↑ „Women of Australia.“. Queenslander (Brisbane, Qld. : 1866 - 1939) (1930-yil 23-yanvar), s. 48. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
- ↑ „Visit Salzburg - History of Salzburg“. salzburg-visit.com. Qaraldi: 2020-yil 23-iyun.
- ↑ Tratz. „Gedenken Verstorbener. Frau Baumeister Ing. Hilda Crozzoli. - Berichte aus dem Haus der Natur in Salzburg IV. Folge 1972. – Mitteilungen aus dem Haus der Natur Salzburg – 4: 32.“ (1973).
- ↑ Schobersberger, Walburg. Hilda Crozzoli-Bandian in Maxglan Hundert Jahre Pfarre 1907–2007 Salzburgs zweitgrößter Stadtfriedhof.. Pfarramt Maxglan (Hg.), 2007.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Burgi Schobersberger: „Die Baufirma Crozzoli und andere Bauunternehmer aus Friaul — ihre Bedeutung für Salzburg“. Salzburg arxivida, Schriftenreihe des Vereins Freunde der Salzburger Geschichte, Band 34, 2010. S. 455-502.
- Schobersberger, Walburg: „Hilda Crozzoli-Bandian“, in: Kramml, Piter F. , Lauterbacher, P. Frans, Myuller, Gvido: Maxglan Hundert Jahre Pfarre 1907-2007 Salzburgs zweitgrößter Stadtfriedhof . Pfarramt Maxglan (Hg.), Salzburg 2007.