Heroku
![]() |
Heroku bir qator dasturlash tillarini qoʻllab-quvvatlaydigan PaaS bulutli platformasidir. U 2010-yildan buyon Salesforce.com ning shoʻba kompaniyasi hisoblanadi . Ilk bulutli platformalardan biri sanaladigan Heroku 2007 yilning iyun oyida paydo boʻlgan. Dastlab faqat Ruby dasturlash tilini qoʻllab-quvvatlagan. Ammo hozirda Java, Node.js, Scala, Clojure, Python, Go, Ruby va PHP kabi platformalar tillarini oʻqiy oladi. Heroku serverlarida Debian yoki Ubuntu[1] operatsion tizimlaridan foydalaniladi[2].
Kompaniya tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2007-yilda Heroku kompaniyasiga Jeyms Lindenbaun, Adam Wiggins va Orion Genrilar asos solishgan. Undan maqsad esa Rack ga asoslangan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻlgan. 2010 yilning 8 dekabrida Salesforce.com Herokuni sotib oladi va uni shoʻba kompaniyasiga aylantiradi. 2011-yilning 12-iyulidan Ruby dasturlash tilining muallifi Yukixiro Matsumoto kompaniyada yetakchi muhandis [3] sifatida faoliyat yurita boshlaydi. Xuddi shu oyda Heroku Node.js va Clojure ni qoʻllab-quvvatlashni joriy qiladi. 2011yilning 15-sentabrida Heroku va Facebook birgalikda „Facebook uchun Heroku“ yangi variantini taqdim etishdi[4][5]. Heroku maʼlumotlar omborini boshqaruvchi asosiy dastur — PostgreSQL dan tashqari, yana Cloudant,Membase, MongoDB va Redis[6], kabi tizimlarni ham qoʻllab-quvvatlay boshladi.
Herokuda ishlaydigan ilovalar DNS serveridan ham foydalanadi (odatda ilovalar nom_ilova.herokuapp.com kabi domen nomiga ega). Har bir dastur uchun bir nechta mustaqil virtual jarayonlar ajratiladi, ular „dynos“ deb ataladi. Ular bir nechta serverlardan tashkil topgan maxsus virtual tarmoq („dynos grid“) orqali taqsimlanadi [7] . Heroku Git [8] versiyasini boshqarish tizimiga ham ega.
2012-yilda Shimoliy Amerikada boʻlgan kuchli iyun toʻfoni tufayli Herokuda qator ilovalarning faoliyati toʻxtab qoldi, ammo kirish 24 soatdan kamroq vaqt ichida qayta tiklandi[9].
Mukofotlar va muvaffaqiyatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Heroku IT bozorida NoSQL ning eng koʻp yechimlarini taqdim etayotganini, u shuningdek „poliglot platformasi“ ham hisoblanishini taʼkidlamoqda. Heroku „Dow Jones FASTech 50 start-ups to Watch“ roʻyxatiga kiritilgan. Gartner[10] tomonidan 2010-yilning aprel oyida Herokuga „Cool Vendor in Application Platforms as a Service“ maqomini berildi. Heroku, shuningdek, ReadWriteWeb tomonidan chop etilgan „Top 10 Cloud Computing Services for 2010“ („2010-yil uchun eng yaxshi 10 ta bulutli xizmatlari“) roʻyxatidan ham joy oldi[11].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rasmiy Heroku veb-sayti Arxiv nusxasi 2014-yilning 31-mayida olingan (Inglizcha) )
- Azure xosting xizmatlarini joylashtirish Heroku ilovasini oʻrnatish kabi oson boʻlishi kerak(Inglizcha) )
- Venture Wire FASTech konferentsiyasining eng istiqbolli start-uplar diqqat markazida Arxiv nusxasi 2011-yilning 14-oktabrida olingan.(Inglizcha) )
- Heroku Facebook ilovalarining rasmiy bulutiga aylana oladimi? Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-10-10). Arxiv nusxasi 2012-yilning 10-oktabrida olingan(Inglizcha) )
- Adam Wiggins Heroku’s Pivot-da, veb-ishlab chiquvchilar uchun „kir yuvish mashinasi“ ni qurish va Salesforce.com-ga qoʻshilish Arxiv nusxasi 2014-yilning 2 iyunida olingan(Inglizcha) )
- Ruby yaratuvchisi mobil qurilmaga eʼtibor qaratmoqda Arxiv nusxasi 2014-yilning 2 iyunida olingan (Inglizcha) )
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Salesforce signs definitive agreement to acquire Heroku (news release), Heroku, 2015-05-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-04-28.
- ↑ „Stacks — Heroku Dev Center“ (en). 29-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-may 2012-yil.
- ↑ „Matz joins Heroku“ (en) (deadlink). Heroku (12-iyul 2011-yil). 31-oktyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Developers“ (en) (deadlink). Facebook. 3-oktyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentyabr 2012-yil.
- ↑ „Facebook Builds Bridge To Heroku Cloud“ (en) (deadlink). Information Week (16-sentyabr 2011-yil). 31-oktyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. WebCite saytida arxivlandi (2012-10-31)
- ↑ „NoSQL, Heroku, and You“ (en) (deadlink). Heroku (20-iyul 2010-yil). 31-oktyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. .
- ↑ „How it Works“ (en) (deadlink). Heroku. 31-oktyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Deploying with Git“ (en). Heroku. 9-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-sentyabr 2012-yil.
- ↑ Ludwig, Sear. „Amazon cloud outage takes down Netflix, Instagram, Pinterest, & more“ (en) (29-iyun 2012-yil). 8-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
- ↑ „Cool Vendor in Application Platforms as a Service, 2010“ (en) (deadlink). Gartner (1-aprel 2010-yil). 28-sentyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-oktyabr 2012-yil. Wayback Machine saytida arxivlandi (2012-09-28).
- ↑ Алекс Вильямс. „Top 10 Cloud Computing Services for 2010“ (en) (deadlink). ReadWriteWeb (13-dekabr 2010-yil). 31-oktyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. WebCite saytida arxivlandi (2012-10-31)