Heo Young-ji
| Heo Young-ji | |
|---|---|
| 허영지 | |
|
| |
| Tavalludi |
1994-yil 30-avgust Janubiy Koreya |
| Fuqaroligi | Koreya Respublikasi |
| Kasbi | Qoʻshiqchi, aktrisa |
Heo Young-ji (1994-yil 30-avgustda tugʻilgan)[1], Youngji mononim nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi, raqqosa va teleboshlovchi. U 2014-yilda Kara Project telekoʻrsatuvida gʻalaba qozonganidan soʻng "Kara" qizlar guruhi aʼzosi sifatida tanilgan va u guruhning eng yangi aʼzosi boʻlgan. Heo oʻzining yakkaxon musiqiy faoliyatini 2017-yil avgust oyida oʻzining birinchi „Memory Clock“ singli bilan boshlagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Heo Seul sahna sanʼatlari maktabida oʻqigan. U T-ara guruhining sobiq aʼzosi Areum bilan birga Core Contents Media kompaniyasining sobiq stajyori.
2014-yil may oyida, sobiq Kara aʼzolari Nicole Jung va Kang Ji-young guruhni tark etgandan soʻng, DSP Media Kara Project nomli realiti-shouni ishga tushirgan. Shouda guruhning yangi aʼzosi boʻlish uchun kurashayotgan yetti nafar stajyor atrofida tanlov boʻlgan. Oyogʻi mashgʻulotlardan olgan jarohati tufayli 2 ta jonli ijroni oʻtkazib yuborgan boʻlsa ham, u tomoshabinlar eʼtiborini tortgan va ovoz berish jarayonlarida birinchi oʻrinni egallagan[2]. 1-iyul kuni jonli ovoz berish natijalari soat 18:45 da (KST) boshlangan. Hur Young-ji 49 591 ball toʻplagan holda gʻolib deb topilgan[3][4]. Koʻrsatuvda gʻolib chiqqanidan soʻng, u Karaning yangi aʼzosi sifatida yanada koʻproq ishlashini aytib, gʻolibona nutq soʻzlagan[5].
MBC EVERY1 vakili 2014-yil 18-dekabrda MBN Star televideniyesiga Heo Orange Caramel guruhidan Lizzy, G.NA, 4minute guruhidan So-hyun bilan bir qatorda Hitmaker koʻrsatuvining 2-mavsumiga qizlar guruhining bir qismi sifatida qoʻshilishini aytgan. Guruh keyinchalik Cham So Nyeo nomini olgan. Guruh ilk bor 17-fevralda oʻzining „올해의 주문(Sehrli soʻzlar)“, qoʻshigʻini soʻngra unga olingan klipni 3 kundan soʻng, 20-fevralda[6] eʼlon qilgan.
2017-yil 15-dekabrda MCC Entertainment yangilik eʼlon qilgan, unda Heo „with dog“ loyihasining 2-qoʻshigʻida ishtirok etishi maʼlum qilingan[7]. Oʻsha kuni uning Longing nomli qoʻshigʻi chiqqan.
2021-yil avgust oyida Heo DSP Media bilan shartnomasini yangilagan[8].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Singl
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Nom | Yil | Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar | Sotuv | Albom |
|---|---|---|---|---|
| KOR | ||||
| "Memory Clock" (추억시계)[9] | 2017 | — | — | albomsiz |
| "Longing" (그리움)[10] | — | |||
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teleserial
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Yil | Nom | Rol | Izoh | Mnb. |
|---|---|---|---|---|
| 2015 | The Alchemist | Oh Young-ji | ||
| 2016 | Another Miss Oh | Yoon An-na | ||
| 2017 | Introverted Boss | Aktyor Hwang Young-kyuning transgender qizi | Epizod: 3 | |
| Han Yeoreum’s Memory | Jung Da-jung | |||
| 2018 | Are You Human? | tomoshabin | Epizod: 1 | |
| The Beauty Inside | Han Se-gyening muhlisi | Epizod: 13 | ||
| 2019 | At Eighteen | Kim Ji-min | ||
| 2021 | Park Sungshil’s Death Industrial Revolution | Choi Mi-yeon | drama | |
| I Want to Live Roughly | Sonia | Sitkom | [11][12] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „[NI스타 2018년 8월 30일, 오늘 생일 연예인은?…허영지·권소현·이장원“] (ko). 뉴스인사이드 (2018-yil 30-avgust). Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
- ↑ „ko:ʻ카라’ 새 멤버, 허영지 확정…다시 4인그룹으로“ (ko). DongAh News (1-iyul 2014-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2015-yil.
- ↑ „Will KARA's new member fill Jiyoung and Nicole's empty seats?“. Korea Herald (2-iyul 2014-yil). Qaraldi: 4-mart 2015-yil.
- ↑ „ko:카라 새 멤버, 허영지 발탁...4인 체제로 여름 컴백“ (ko). Oh My News (2-iyul 2014-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2015-yil.
- ↑ „ko:ʻ카라프로젝트’ 허영지, 카라 새 멤버 확정 “정말 열심히 하겠다” 눈물 왈칵“ (ko). Chosun News (1-iyul 2014-yil). Qaraldi: 4-mart 2015-yil.
- ↑ „ko:ʻ히트제조기’ 지나-리지-영지-소현, 음원 공개 반응 후끈… ʻ대박 예감’“ (ko). Top Star News (24-fevral 2015-yil). Qaraldi: 31-may 2015-yil.
- ↑ „[공식입장] 카라 허영지, 유기견 돕기 프로젝트 참여…15일 신곡발표“.
- ↑ Kim Jin-seok. „[단독허영지, 데뷔 후 7년… 최근 DSP와 재계약“] (ko). JTBC. Naver (18-avgust 2021-yil). Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
- ↑ „Hur Young-ji's Memory Clock“. iTunes/Apple Music.
- ↑ „Hur Young-ji's Longing“. iTunes/Apple Music.
- ↑ Ham Na-yan. „고은아, ʻ대충살고 싶습니다’ 출연…4년만 연기 복귀 [공식“] (ko). Sports Donga. Naver (10-avgust 2021-yil). Qaraldi: 10-avgust 2021-yil.
- ↑ Jeong Hee-yeon. „대충 살고 싶습니다' 대본 리딩 갑자기 중단된 사연“ (ko). Sports Donga. Naver (12-avgust 2021-yil). Qaraldi: 12-avgust 2021-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Heo Young-ji Instagram sahifasi
- Heo Young-ji IMDbda
- Hur Young-jining Facebook sahifasi .