Hello world python

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Pythonda hello world sozini chiqarish uchum print("Hello world") codini yozish kerak

Python ([ˈpʌɪθ (ə)n] — payton, piton) — turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.

Python deyarli barcha platformalarda ishlay oladi, xususan Windows, Linux, Mac OS X, Palm OS, Mac OS va boshqalar shular jumlasidandir. Python Microsoft.NET platformasi uchun yozilgan realizatsiyasi ham mavjud boʻlib, uning nomi — IronPython dasturlash muhitidir.

Guido van Rossum 1980-yillarning oxirida ABC dasturlash tilining davomchisi sifatida Python ustida ishlay boshladi va birinchi marta 1991-yilda Python 0.9.0 versiyasini ommaga eʼlon qildi.

Python dasturlash tiliga boʻlgan talab yildan yilga oshib bormoqda. CodingDojo portalining tadqiqotlariga koʻra, 2020—2021-yillarda aynan Python tilida dasturlovchi mutaxassislarga eng koʻp talab boʻlgan.

Sintaksisi[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Unda Lua tiliga oʻxshab, bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻzgaruvchiga qiymat berish mumkin. Shuningdek, yangi oʻzgaruvchi kiritmasdan turib, ikkita oʻzgaruvchining qiymatlarini almashtirish mumkin:

 x, y = y, x

Va uni funksiyalaridan ham shunday turda qaytarishingiz mumkin:

def function():
    x = "Jimbo"
    y = "Wales"
    return x, y

Salom, dunyo seni men sevaman![tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

# -*- coding: utf-8 -*-
print("Salom, dunyo seni men sevaman!")

Ishlatilishi[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Web dasturlash[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Zope — CMS yaratish uchun server va veb dasturlar qilish uchun dastur.
  • Django — web dasturlash muhiti.
  • Turbogears — web yaratish qilish uchun dastur.
  • CherryPy — web yaratish qilish uchun dastur.
  • Plone — saytni muhofaza qilish uchun dastur.
  • Mailman — „Rassilka“ yaratish uchun dastur
  • MoinMoin — viki — dvijok internet va intranet uchun
  • PlanetPlanetRSS oqimini sindikatsiyalash

Grafika[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Skencil — Vektor grafikasi uchun dastur

Pythonni ishlatadigan dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Pythonni ishlatadigan kompaniyalar[tahrir | manbasini tahrirlash][tahrir | manbasini tahrirlash]

Python logo