Heather Burns

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Heather Burns (7-aprel, 1975-yil, Chicago, Illinois, AQSh) amerikalik aktrisa boʻlib, 2000-yilgi “Miss Congeniality” filmidagi Miss Rhode Island roli va 2005-yilda “Miss Congeniality 2: Armed and Fabulous” davomi filmidagi Miss United States roli bilan tanilgan. Uning boshqa filmdagi chiqishlari orasida You've Got Mail (1998), Two Weeks Notice (2002) va Bewitched (2005) kabi filmlar mavjud.

Heather Burns
Heather Burns (27600084696).jpg
Burns, 2016-yilda
Tavalludi 7-aprel 1975-yil (1975-04-07) (47 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Turmush oʻrtogʻi Ajay Naidu
Faoliyat yillari 1996–hozirgacha

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burns Illinois shtatining Chikago shahrida tavallud topgan. U tug'ilgan shahridagi Evanston Township o'rta maktabini tamomlagan. Bo'lajak aktrisa New York universiteti qoshidagi Tisch san'at maktabida ham tahsil olgan. Uning otasi Jim Burns "Chicago Bulls" basketbol jamoasida harakat qilgan va advokat sifatida 1992—1996-yillarda Chicagoda faoliyat yuritgan.

Burns Sandra Bullock bilan birgalikda bir qator filmlarda suratga tushgan, jumladan, Miss Congeniality (2000), Two Weeks Notice (2002) va Miss Congeniality 2: Armed & Fabulous (2005)kabi filmlarda. U What's Your Number? (2011) filmida ham rol oʻynagan. Shu bilan birga, u HBO telekanalida efirga uzatilgan serial Bored to Deathda Zach Galifianakis bilan rol o'ynagan[1]. Amazonning Sneaky Pete (2017) veb-serialida Trish rolini ham ijro etgan[2].

Aktrisa 2020-yilda Netflixning "The Politician" serialida mehmon yulduz sifatida paydo bo'ladi va u o'zining ijrosi uchun maqtovga sazovor bo'ladi[3][4].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burns aktyor Ajay Naidu bilan turmush qurganligi manbalarda keltirilgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1998 You've Got Mail Christina Plutzker
2000 You Are Here* Lydia
2000 Miss Congeniality Cheryl Frasier, Miss Rhode Island
2002 Two Weeks Notice Meryl Brooks
2003 Kill the Poor Scarlet
2005 Perception Ramona
2005 Miss Congeniality 2: Armed and Fabulous Cheryl Frasier, Miss United States
2005 Bewitched Nina
2005 Brooklyn Lobster Kerry Miller
2006 Groomsmen, TheThe Groomsmen Jules
2007 Watching the Detectives Denise
2008 Choke Internet Date / Gwen
2009 Breaking Upwards Hannah
2010 Ashes Jasmine
2010 Weakness Julia
2011 Valley of the Sun Betsy
2011 What's Your Number? Eileen
2012 Fitzgerald Family Christmas, TheThe Fitzgerald Family Christmas Erin
2016 Manchester by the Sea Jill
2016 Brave New Jersey Lorraine Davison

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1996–1997 One Life to Live Herrick #1 TV serial
1998 Law & Order Lana Madison Epizod: "Carrier"
1999 Chicks Darcy TV film
1999 Nearly Yours Olivia Hammersmith TV serial
2000 Beat, TheThe Beat Beatrice Felsen Epizodlar: "The Beat Goes On", "They Say It's Your Birthday"
2000 $treet, TheThe $treet Joanne Sacker Epizod: "Rebound"
2001 $treet, TheThe $treet Joanne Sacker Epizodlar: "Turf Wars", "Past Performance", "Junk Bonds", "Framed"
2003 With You in Spirit Emily Burke TV film
2006 Law & Order: Criminal Intent Claire Quinn Epizod: "Dollhouse"
2006–2008 Twenty Good Years Stella Bosh rol
2008 Puppy Love Ricki TV serial
2009 Unusuals, TheThe Unusuals Bridget Demopolis Epizodlar: "Crime Slut", "42", "The Circle Line"
2009–2011 Bored to Death Leah Bosh rol
2013 Save Me Jenna Derring TV serial
2013 Elementary Chloe Butler Epizod: "Internal Audit"
2014 Blue Bloods Sister Mary Epizod: "Burning Bridges"
2017, 2019, 2020 Blindspot Kathy Gustafson aka Electra 4ta epizod
2018 Sneaky Pete Trish Epizodlar: "Maggie", "Buffalo Soldiers"
2020 The Politician Mary Moskowitz McCutcheon Epizod: "Hail Mary"
2021 The Good Fight Toni Hedger Epizod: "Once There Was A Court"
2022 Julia Claire Foster Epizod: "Crepes Suzette"

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lang. „Blu-ray review: 'Bored to Death: The Complete Third Season'“. The Oklahoman. Qaraldi: 21-iyun 2020-yil.
  2. Sorokach. „'Sneaky Pete' Season 2: Here's Why Sara Tomko Looks So Familiar“. Decider. Qaraldi: 21-iyun 2020-yil.
  3. Shoemaker. „The Politician Recap: Operation Spicy Lube“. Vulture. Qaraldi: 22-iyun 2020-yil.
  4. Iskander. „The Politician Season 2 Review: A Disappointing Second Term“. Tell Tale TV. Qaraldi: 22-iyun 2020-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]