Kontent qismiga oʻtish

Hazrati Abu Bakr Siddiq masjidi

Koordinatalari: 40°46′6.08″N 73°49′30.28″W / 40.7683556°N 73.8250778°W / 40.7683556; -73.8250778
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hazrati Abu Bakr Siddiq masjidi
Mamlakat  AQSh
Hudud Queens
Mahalla Flushing (Queens)
Shahar Nyu-York
Koordinatalar 40°46′6.08″N 73°49′30.28″W / 40.7683556°N 73.8250778°W / 40.7683556; -73.8250778
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Sayt Rasmiy sayt

Hazrati Abu Bakr Siddiq masjidi — AQShning Nyu-York shahri Queens hududi Flushing mahallasidagi masjid. U 141-47-uy, 33-avenyuda joylashgan.

Masjid Hazrati Abu Bakr Siddiq 501(c) notijorat tashkiloti boʻlib, Islom, Qurʼon va Muhammadning hayotiy anʼanalariga sodiq dindorlar jamoasidir. Hazrati Abu Bakr Siddiq masjidi 1986-yilda Afgʻonistondan kelgan afgʻon, turkistonlik va oʻzbek muhojirlari tomonidan diniy tadbirlar va dasturlarni oʻtkazish uchun jamoat markazi sifatida tashkil etilgan. Masjid, arabcha Al-Masjid — musulmonlar namoz oʻqish uchun yigʻiladigan joy maʼnosini anglatadi.

Masjidga Najibulloh Zoziy, Muhammad Vali Zoziy va imom Ahmad Vois Afzaliy muntazam ravishda tashrif buyurgani maʼlum boʻlgach, mamlakatda eʼtiborga tushgan[1].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Spencer S. Hsu; Carrie Johnson. „Najibullah Zazi, Denver man accused in N.Y. terror plot, pleads guilty“. The Washington Post (2010-yil 22-fevral). Qaraldi: 2010-yil 24-fevral.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]