Hayvonlar migratsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hayvonlar migratsiyasi (lot. gp1§ga11op — koʻchish, koʻchib oʻtish) — bir-biridan uzoqda joylashgan va oʻzaro keskin farq qiladigan yashash muhitlari oʻrtasida hayvonlarning qonuniy koʻchib yurishi. Hayvonlar migratsiyasi yashash joyida muhit sharoitining oʻzgarishi yoki rivojlanishningʻ har xil davrlarida hayvonning yashash muhiti sharoitiga talabining oʻzgarishi (ontogenetik migratsiya) bilan bogʻliq. Hayvon yashaydigan joyda yashash sharoitining oʻzgarishi taʼsirida sodir boʻladigan Hayvonlar migratsiyasi davriy (mavsumiy, sutkalik) yoki nodavriy boʻlishi mumkin. Hayvonlar, odatda, ajdodlari oʻtgan yoʻl orqali migratsiya qiladi.

Davriy (siklik) migratsiya har xil: vertikal (sut emizuvchilar, qushlar va hasharotlarning togʻning vertikal mintaqalari boʻyicha, umurtqasizlarning tuproq va suv qatlamlari boʻyicha migratsiyasi), anadrom (oʻtkinchi baliqlarning dengizlardan daryolarga oʻtishi), katadrom (oʻtkinchi baliqlarning daryolardan dengizlarga oʻtishi) xillarga ajratiladi. Dengiz toshbaqalari va sut emizuvchilarining okeanlarda, tuyoqli, yirtqich va kemiruvchi sut emizuvchilarning quruqlikda, koʻpchilik qushlar, koʻrshapa-laklar va hasharotlarning havo orqali migraiiyasini ham davriy deyish mumkin.

Davriy boʻlmagan, yaʼni sporadik migratsiya — oʻtroq yashovchi hayvonlar (olmaxonlar, lemminglar va boshqalar) yashash muhitining yomonlashuvi (qurgʻoqchilik, yongʻin, toshqin va boshqalar), individlar sonining oshib ketishi natijasida sodir boʻladigan ommaviy koʻchi-shi. Bu xildagi migratsiya tartibsiz sodir boʻladi va koʻp hollarda hayvonlarning yalpi qirilib ketishiga olib keladi.

Ontogenetik migratsiya — rivojlanishning har xil davrlarida hayvonlarning yashash muhiti sharoitiga talabining oʻzgarishi bilan bogʻliq. Bunday migratsiya lichinkalik (oʻtroq yashovchi assidiyalar, korall poliplar, gʻovaktanlilar, qalqondorlar va boshqalar) yoki jinsiy voyaga yetgan davrda sodir boʻlishi mumkin. Faol migratsiya qilish uchun hayvonlar vaqt va yoʻnalishni biologik sezish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak (qarang Bionavigatsiya). Migratsiya hayvonlarni tamgʻalash va eksperiment orqali oʻrganiladi.