Havoyi bo‘sa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farishta haykali

Havoyi boʻsa, uchar boʻsa — urf-odat va/yoki ijtimoiy imo-ishora, sevgi yoki doʻstona oʻpish shakllaridan biri boʻlib, odamning eʼtiborini yoki yengil noz-karashmasini anglatadi, odatda masofadan turib, lablar tanaga tegmasdan amalga oshiriladi[1].

9-avgust — Havoyi boʻsa kuni nishonlanadi. Shu kuni Yevropaning turli mamlakatlaridagi aksariyat yoshlar muassasalari va tashkilotlari muayyan yoʻnalishli bayram dasturi va musobaqalarni tashkil qiladi.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eng keng tarqalgan usul oʻz kaftini oʻpish, soʻngra imo-ishora moʻljallangan odamga puflash orqali amalga oshiriladi. Havoyi boʻsaning yana bir shakli soddaroq va oʻpilayotgan odamga qarata havoni oʻpish orqali amalga oshiriladi. Teginib oʻpishning bir turi yonoqqa oʻziga xos boʻsa tovushi bilan teginishni taqozo qiladi.

Madaniy jihati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kontaktsiz imo-ishora minnatdorchilik va eʼtibor ifodasi sifatida ishlatiladi. Bunday boʻsa koʻpincha zamonaviy zodagonlar jamiyatida ommaviy chiqishlarda qoʻllaniladi[2]. Hindistonda havoyi boʻsa uchar boʻsa deb ataladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Psixologiya lyubvi" str. 191, avtor — Ilin Ye. P., Izdatelskiy dom „Piter“, ISBN 5-459-01640-1.
  2. Marie Sophie Hahnsson. „Cheek Kissing“ (deadlink). University of Oslo. 2008-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 23-fevral.