Hassan Al-Haydos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hassan Al-Haydos
Hassan 2019-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hassan Khalid Hassan Al-Haydos
Tavallud sanasi 11-dekabr 1990-yil (1990-12-11) (33 yosh)
Tavallud joyi Doha, Qatar
Boʻyi 1.70 m[1]
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Al-Sadd
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2007 Al-Sadd
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007 Al-Sadd 294 (92)
Milliy terma jamoa
2007—2009 Qatar U20 4 (4)
2007—2013 Qatar U23 14 (6)
2008 Qatar 170 (36)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 29-avgust uchun)

Hassan Khalid Hassan Al-Haydos (talaffuzi: Hassan Xolid Hassan Al-Haydos) (1990-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — qatarlik professional futbolchi. Hassan Al-Haydos „Al Sadd“ futbol klubi va Qatar milliy futbol terma jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hassan Al-Haydos 2012-yilda (Al Sadd)

Hassan Al-Haydos sakkiz yoshida „Al Sadd“ futbol klubining yoshlar jamoasida futbol oʻynay boshladi. Hassan Al-Haydos oʻn yetti yoshida asosiy jamoa safiga qoʻshildi. Bu vaqtda „Al Sadd“ futbol klubining bosh murabbiyi Jafal Rashed Al-Kuwari boʻlgan edi.

Hassan Al-Haydos klub safida 2011-yilgi Osiyo Chempionlar ligasi doirasida „Jeonbuk“ futbol klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushgan edi. Ushbu oʻyinda „Al Sadd“ futbol klubi Hassan Al-Haydosning penaltidan urgan goli hisobiga gʻalaba qozondi. Gʻalaba „Al Sadd“ futbol klubining Osiyo vakili sifatida Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻl olishini taʼminladi[2].

Hassan Al-Haydos Doha stadionida oʻtkazilgan soʻrovnomada 2014-yilgi „Eng yaxshi Qatar futbolchisi“ deb topildi[3].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hassan Al-Haydos 2007-yilda Qatar olimpiada terma jamoasi safida 2008-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralash bosqichi doirasida Yaponiya milliy futbol terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, jamoasiga 2:1 hisobida gʻalaba qozonishga yordam berdi. Hassan Al-Haydos musobaqaning yana ikkita oʻyinida maydonga tushdi. Ularning biri Saudiya Arabistoni milliy futbol terma jamoasiga qarshi[4], ikkinchisi esa Vyetnam milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda edi. Shuningdek, Hassan Al-Haydos 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari saralashi bosqichida Qatar milliy futbol terma jamoasining sardori sifatida maydonga tushgan va dastlabki bosqichda Hindiston milliy futbol terma jamoasi darvozasiga gol urgan.edi[5]. Hassan Al-Haydos ushbu uchrashuvda „O‘yinning eng yaxshi odami“ sovrinini qo‘lga kiritdi[6].

Hassan Al-Haydos Qatar milliy futbol terma jamoasi safida 2008-yilning 10-sentyabrida Bahrayn milliy futbol terma jamoasiga qarshi 2010-yilgi Jahon chempionati saralash bahsida maydonga tushdi[7]. Oʻshandan beri Hassan Al-Haydos Qatar milliy futbol terma jamoasi bilan 146 ta oʻyin oʻtkazdi. Bu oʻyinlarda Hassan Al-Haydos 32 ta gol urishga muvaffaq boʻldi. Bu koʻrsatkich Hassan Al-Haydosni Qatar milliy futbol terma jamoasi tarixidagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchiga hamda Muhammed Salem Al-Enazi bilan birgalikda toʻrtinchi oʻrindagi eng koʻp gol urgan futbolchiga aylantirdi[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubok Liga kubogi Mintaqa Jami
Diviziya Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar Oʻyin Gollar
Al-Sadd
2006—2007 QSL 8 0 2 0 0 0 0 0 10 0
2007—2008 16 2 2 0 0 0 1 0 19 2
2008—2009 15 2 2 0 1 1 2 0 20 3
2009—2010 15 6 1 1 2 2 5 0 23 9
2010—2011 18 1 1 0 1 1 14 1 34 3
2011—2012 13 2 2 0 1 0 0 0 16 2
2012—2013 22 5 5 1 1 0 0 0 28 6
2013—2014 24 5 4 2 5 1 9 0 42 8
2014—2015 23 11 4 3 1 0 10 3 38 17
2015—2016 25 12 4 4 1 0 1 0 31 16
2016—2017 19 7 5 3 0 0 1 0 25 10
2017—2018 21 12 4 1 1 0 10 0 36 13
2018—2019 20 10 3 0 0 0 11 2 34 12
2019—2020 18 8 2 0 1 0 9 4 30 12
2020—2021 18 2 2 0 2 0 6 1 28 3
2021—2022 19 7 1 0 0 0 6 1 26 8
2022—2023 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 294 92 45 15 17 5 85 12 441 124

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatar
Yil Oʻyin Gollar
2008-yil 5 0
2009-yil 11 0
2010-yil 4 0
2011-yil 3 0
2012-yil 8 0
2013-yil 19 1
2014-yil 14 2
2015-yil 13 6
2016-yil 11 5
2017-yil 17 6
2018-yil 12 4
2019-yil 20 3
2020-yil 4 1
2021-yil 22 5
2022-yil 7 3
Jami 170 36

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „AC2019 Final Squads“. The AFC. 2018-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-yanvar.
  2. „QFA | Qatar Football Association - Al Sadd beat Kashiwa Reysol for third place in Club World Cup“. 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-fevral.
  3. „استاد الدوحة: الهيدوس أفضل لاعب في 2014“. alkass.net (2015-yil 5-yanvar). 2015-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 5-yanvar.
  4. „AFC - Qatar U-23 vs Saudi Arabia U-23 - Match Summary“. 2012-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-fevral.
  5. „Official Home of Asian Football“. 2012-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-fevral.
  6. „حسن الهيدوس : هدفنا التأهل الى اولمبياد لندن“. 2012-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-noyabr.
  7. „Qatar National Team“. All Soccer Players. Qaraldi: 2008-yil 7-dekabr. [sayt ishlamaydi]
  8. „The Highest Cap Scorer“. Living 2022 (2020-yil 26-iyul). Qaraldi: 2021-yil 20-sentyabr.