Kontent qismiga oʻtish

Hasan Qudratullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hasan Qudratullayev — (1941, Samarqand) adabiyotshunos, Filologiya fanlari doktori (1998), professor (2005).

Hasan Qudratullayev
Tavalludi 1941-yil 18-mart
Samarqand shahri
Yoʻnalish Adabiyotshunoslik
Mukofotlari Bobur nomidagi Xalqaro mukofot

Samarqand davlat universitetini tamomlagan (1960). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida ikichik ilmiy xodim (1967—1968), „Oʻzbek ensiklopediyasi“da muharrir, katta ilmiy muharrir va boʻlim mudiri (1968—1976), Afgʻonistonda fors tili tarjimoni (1976—1980; 1983—1986), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi (1980—1983; 1986—1989), Toshkent irrigatsiya va melioratsiya muhandislari institutida kafedra mudiri (1989—1993), Xalq taʼlimi vazirligining Davlat inspeksiyasida Attestatsiya, akkreditatsiya va litsenziyalash boʻlimi mudiri (1993—1995), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida Bosh Konsultant (1995—1996), Toshkent viloyat pedagogika institutida rektor (1995—2003), Abdulla Avloniy nomidagi xalq taʼlimi xodimlarining malakasini oshirish institutida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (2003—2006), Xalq taʼlimi vazirligida ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish sektori mudiri (2006-yildan).

„Boburning adabiy-tanqidiy qarashlari“ (1983), „Navoiyning adabiy estetik olami“ (1991) va boshqa kitoblari chop etilgan.

Bobur nomidagi Xalqaro mukofot bilan taqdirlangan (2008)[1].

  1. XX asr Oʻzbek mumtoz adabiyotshunosligi. Toshkent: «Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi» [2016] — 301 bet.