Harvey Blair

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harvey Blair
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Harvey Antonio Blair[1]
Tavallud sanasi 14-sentyabr 2003-yil (2003-09-14) (20 yosh)[2]
Tavallud joyi Huddersfield, Angliya bayrogʻi Angliya
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Angliya Liverpool
Raqami 86
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2015-2021 Liverpool
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2021- Liverpool 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(27-oktyabr uchun)

Harvey Antonio Blair (2003-yil, 14-sentyabrda tugʻilgan) — ingliz futbolchisi, Premyer Liganing "Liverpool" klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blair Angliyaning Huddersfield shahrida tugʻilgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blair dastlab „Manchester United“ klubining yoshlar tarkibida, keyinchalik „Liverpool“ klubining U-12 jamoasida oʻyinchisi sifatida kelib qqoʻshilgan. U birinchi professional shartnomasini 2020-yil oktyabr oyida imzolagan. Keyinchalik u 2020-21-yilgi mavsum uchun klubning 18 yoshgacha boʻlgan jamoasiga koʻtarildi[3]. Uning birinchi yiliga olgan jarohati katta taʼsir oʻtkizdi, natijada u atigi toʻrtta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvofaq boʻldi[4].

Blair asosiy jamoadagi professional debyutini 2021-yil, 27-oktyabr kuni Preston klubiga qarshi EFL kubogi doirasida o‘tkazdi. U oʻyinning 55 daqiqasida almashtirildi[5]. „Liverpool“ bosh murabbiyi Jurgen Klopp Blairning oʻyini haqida shunday dedi: „Harvey uchun birinchi boʻlimdagi oʻyin haqiqatan ham oson boʻlmadi, ikkinchi boʻlimda ham. Biz uni oʻyinga jalb qila olmadik. Bu unga yordam bermaydi[6].“

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blairni „yaxshi sur’at, oʻlcham va toʻp nazoratiga ega“ „ayyor vinger“ deb taʼriflashadi.

U muntazam ravishda 18 yoshgacha boʻlgan jamoa safida bosh murabbiy Bridge-Wilkinson qoʻl ostida chap qanot himoyachisi sifatida oʻynagan, ammo hujumchi sifatida ham harakat qila oladi va 10-raqamli pozitsiyada biroz kengroq ishlaydi[7].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning akasi Marley ham klub tomonidan qoʻyib yuborilgunga qadar „Liverpool“ akademiyasida futbol oʻynagan. U hozir Islandiyaning Keflavik ÍF klubida oʻynamoqda[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil, 27-oktabr holatiga ko'ra
Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Liverpool 2021-22 [9] Premyer-liga 0 0 0 0 1 0 1 0
Karyera jami 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Updated squad lists for 2020/21 Premier League“ (en). Premier League. Qaraldi: 2021-yil 13-noyabr.
  2. „Harvey Blair“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  3. „Harvey Blair: The Huddersfield-born Liverpool youngster tipped for big things as he makes professional debut in Carabao Cup tie against Preston North End“ (en). www.yorkshirepost.co.uk. Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  4. . 2021-22-yilgi mavsumda u ligada beshta oʻyin oʻtkazdi va akademiya jamoasi safida bitta gol urdi va bu kattalar jamoasiga koʻtarilish uchun etarli boʻldi
  5. „Preston North End vs Liverpool LIVE!“ (en). Sky Sports. Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr.
  6. Mir. „‘That doesn’t help’: Klopp makes Harvey Blair admission after Liverpool debut last night“ (en-GB). HITC (2021-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  7. Pinnock. „Harvey Blair is the Liverpool Academy starlet tipped for big things“ (en). Liverpool Echo (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 28-oktyabr.
  8. „Harvey Blair: The Huddersfield-born Liverpool youngster tipped for big things as he makes professional debut in Carabao Cup tie against Preston North End“ (en). www.yorkshirepost.co.uk. Qaraldi: 2021-yil 27-oktyabr. „Harvey Blair: The Huddersfield-born Liverpool youngster tipped for big things as he makes professional debut in Carabao Cup tie against Preston North End“. www.yorkshirepost.co.uk.
  9. „Harvey Blair | Football Stats | Liverpool | Age 18 | Soccer Base“. www.soccerbase.com. Qaraldi: 2021-yil 14-dekabr.