Harry Crawford

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Harry Crawford
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Harrison Crawford[1]
Tavallud sanasi 10-dekabr 1991-yil (1991-12-10) (32 yosh)
Tavallud joyi Watford, Angliya
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kings Langley
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2010 Southend United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2012 Southend United 33 (3)
2010Dover Athletic (Ijara) 2 (1)
2012—2013 Dartford 24 (12)
2013—2014 Barnet 39 (3)
2013Dartford (Ijara) 2 (1)
2014—2015 Dartford 40 (7)
2015 Boreham Wood 10 (3)
2015—2016 St Albans City 11 (2)
2016 Dover Athletic 6 (0)
2016—2017 Welling United 27 (5)
Milliy terma jamoa
2010 Irlandiya U19 2 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Harrison "Harry" Crawford (talaffuzi: Garri Krovford) (1991-yil 10-dekabrda tugʻilgan) — irlandiyalik futbolchi, Angliyaning „Kings Langley“ jamoasida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Crawford 2010-yilning 23-martida Southend United safida „Birinchi liga“da Walsallga qarshi o‘yinda (3:0) debyut qildi va 82-daqiqada Scott Spencerni oʻrniga tushdi. U birinchi golli uzatmasini 2010-yil 24-aprelda „Oldham Athletic“ga qarshi oʻyinda, Jean-Yves Mvotoga uzatib berdi, u esa toʻpni boshi bilan darvozaga yoʻlladi[2]. U oʻzining ilk golini 1-may kuni „Stockport County“ga qarshi oʻyinda birinchi golini 75-daqiqada urdi[3].

Dover Athletic 2010-yil 26-avgust kuni Crawfordni bir oylik ijaraga oldi[4].

2011-yil 18-mart kuni Crawford „Ikkinchi liga“ doirasidagi Hereford Unitedga qarshi o‘yinda 4:0 hisobida g‘alaba qozonib, Southend uchun ikkinchi va uchinchi gollarini kiritdi.

2012-yilning 18-mayida Crawford shartnoma muddati tugaganidan keyin qo‘yib yuboriladigan o‘n bir futbolchidan biriga aylandi[5].

2012-yil 9-avgustda Crawford „Milliy konferensiya“ klubid „Dartford“ bilan shartnoma imzoladi. U Dartford muxlislarida darhol yaxshi taassurot qoldirdi, Tamworthga qarshi debyutida gol urdi. U klubdagi yarim mavsumida 12 ta gol urdi, jumladan, Alfreton Townga qarshi oʻyinda xet-trik va 2012-yil mahalliy raqib Ebbsfleet Unitedga qarshi ikkita gol urdi.

2013-yilning 24-yanvarida Crawford „Barnet“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[6]. Ikkinchi oʻyinida, 2013-yil 1-fevralda u Ricky Holmesning oʻrniga maydonga tushganidan soʻng „Bristol Rovers“ga qarshi oʻyinda klub uchun birinchi golini urdi. Uning goli 89-daqiqada kiritilib, hisob 1:1 boʻldi, biroq Barnet qoʻshib berilgan vaqtning ikkinchi daqiqasida gol oʻtkazib yuborib, magʻlub boʻldi[7]. Crawford 2013-yilning 15-fevralida Dartfordga ijara asosida qayta qo‘shildi[8]. Crawford 2013\2014-yilgi mavsum oxirida u Barnet tomonidan ozod qilindi. U jamoa safida 40 ta o‘yinda 3 ta gol urdi[9].

Crawford 2014-yil 29-iyulda uchinchi marta Dartfordga qayta qo‘shildi. 2015-yilning may oyida jamoa „Janubiy Milliy liga“ga tushib ketganidan soʻng klub tomonidan, Crawford qoʻyib yuborildi[10].

2015-yilda Crawford 2016-yilning 27-yanvarida „Dover Athletic“ga qo‘shilishdan oldin „Boreham Wood“" va „St-Albans City“ jamoalarida o‘ynagan[11].

Crawford 2016\2017-yilgi mavsumda „Welling United“ga qoʻshildi. Keyin u 2017\2018-yillar davomida „Hampton & Richmond Borough“ga qoʻshildi. Crawford mavsum davomida jarohat oldi va 2019-yil fevral oyida „Bedfont Sports“ga qo‘shilganida futbolga qaytdi va debyutida ikkita gol urdi[12].

U 2019\2020-yilgi mavsum uchun „Kings Langley“ga qoʻshildi[13].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Watfordda tugʻilganiga qaramay, u Dublinlik buvisi, shuningdek, bobosi orqali Irlandiya Respublikasiga kirish huquqini oladi[14]. 2010-yilning may oyida, u 2010-yilgi UEFA U19 Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasidagi Angliya, Ukraina va Bosniya va Gertsegovinaga qarshi Ukrainaning Kiev shahrida boʻlib oʻtadigan oʻyinlar uchun Irlandiyaning 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga birinchi xalqaro chaqiruv oldi[15]. U Angliyaga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi, ammo tanaffusda almashtirildi[16]. Oʻshanda u keyingi oʻyinda, Ukraina ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda foydalanilmagan[17]. U Bosniya va Gertsegovinaga qarshi guruhning soʻnggi oʻyinida Daniel Kearnsning oʻrniga maydonga tushdi, Irlandiya shu oʻyindan keyin, musobaqadan chiqib ketdi[18].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Southend United 2009—2010[19] Birinchi liga 7 1 0 0 0 0 0 0 7 1
2010—2011[20] Ikkinchi liga 23 2 0 0 0 0 1 0 24 2
2011-12[21] Ikkinchi liga 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Jami 33 3 0 0 0 0 1 0 34 3
Dover Athletic (Ijara) 2010—2011[22] Janubiy konferentsiya 2 1 0 0 0 0 2 1
Dartford 2012—2013[23] Konferentsiya Premyer-ligasi 24 12 2 1 3 2 29 15
Barnet 2012—2013[24] Ikkinchi liga 10 1 0 0 0 0 0 0 10 1
2013—2014[25] Konferentsiya Premyer-ligasi 29 2 1 0 0 0 30 2
Jami 39 3 1 0 0 0 0 0 40 3
Dartford (Ijara) 2012—2013[23] Konferentsiya Premyer-ligasi 2 1 0 0 2 0 4 1
Dartford 2014—2015[26] Konferentsiya Premyer-ligasi 40 7 2 2 3 1 45 10
Boreham Wood 2015—2016[27] Milliy liga 10 3 0 0 0 0 10 3
St Albans City 2015—2016 Janubiy Milliy liga 11 2 2 0 0 0 13 2
Dover Athletic 2015—2016 Milliy liga 6 0 0 0 0 0 6 0
Welling United 2016—2017 Janubiy Milliy liga 27 5 3 0 0 0 30 5
Hampton & Richmond Borough 2017—2018 Janubiy Milliy liga 24 1 3 0 3 0 30 1
2018—2019 Janubiy Milliy liga 8 0 0 0 0 0 8 0
Jami 32 1 3 0 0 0 3 0 38 1
Bedfont Sports (Ijara) 2018—2019 Istmian Janubiy ligasi 3 2 0 0 0 0 3 2
Kings Langley 2019—2020 SFL Markaziy Premer-divizioni 17 6 4 0 3 0 24 6
2020—2021 SFL Markaziy Premer-divizioni 8 2 2 0 2 0 12 2
2021—2022 SFL Markaziy Premer-divizioni 0 0 1 2 0 0 1 2
Jami 25 8 7 2 0 0 5 0 37 10
Karyerada jami 254 48 20 5 0 0 17 3 290 56

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Mainstream Publishing, 2010 — 100 bet. ISBN 978-1-84596-601-0. 
  2. „Southend 3–0 Walsall“. BBC Sport (2010-yil 23-mart). Qaraldi: 2010-yil 25-mart.
  3. „Southend 2–1 Stockport“. BBC Sport (2010-yil 1-may). Qaraldi: 2010-yil 2-may.
  4. „Whites sign Welford replacement“. Kent News (2010-yil 26-avgust). Qaraldi: 2010-yil 27-avgust.[sayt ishlamaydi]
  5. „Blues axe falls“. echo-news.co.uk (2012-yil 18-may).
  6. „BARNET SIGN HARRY CRAWFORD“. Barnet FC (2013-yil 24-yanvar). 2016-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 24-yanvar.
  7. „Bristol Rovers 2–1 Barnet“. BBC Sport. Qaraldi: 2013-yil 2-fevral.
  8. „Harry Crawford rejoins Dartford“. 2016-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  9. „2014/15 retained list“. 2016-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  10. „Dartford FC boss Tony Burman talking to potential new signings after putting 10 players on contract for next season“. Kent Online (2015-yil 6-may). Qaraldi: 2015-yil 7-may.
  11. Dover sign Harry Crawford and Tyrone Marsh
  12. Appearances | Harrison Crawford
  13. „StackPath“. 2022-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-dekabr.
  14. „Harry flies out to represent Republic of Ireland Under-19's“. Football.co.uk (2010-yil 18-may). Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.
  15. „U19 squad named for UEFA elite qualifiers“. FAI (2010-yil 18-may). Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.
  16. „Dominant Irish defeated by fortunate England“. FAI (2010-yil 26-may). Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.
  17. „Irish U19s defeat European Champions Ukraine“. FAI (2010-yil 28-may). Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.
  18. „Irish victory not enough as England qualify“. FAI (2010-yil 31-may). Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.
  19. „Games played by Harry Crawford in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  20. „Games played by Harry Crawford in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  21. „Games played by Harry Crawford in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  22. „Games played by Harry Crawford in 2010/2011 for Dover“. Dover Athletic F.C.. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  23. 23,0 23,1 „Games played by Harry Crawford in 2012/2013 for Dartford“. The Darts. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  24. „Games played by Harry Crawford in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  25. „Games played by Harry Crawford in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2014-yil 30-iyul.
  26. „Games played by Harry Crawford in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
  27. „Games played by Harry Crawford in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2016-yil 13-fevral.