Hamza Imonberdiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hamza Imonberdiyev - (1954-1997) o‘zbek shoiri. Qozogʻiston Respublikasining Chimkent viloyatiga qarashli ''Suzoq'' qishlogʻida dehqon oilasida tug'ildi. O‘rtada maktabni aʼlo baholar bilan tamomlagach,  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirib, uni imtiyozli diplom bilan bitiradi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shoir uzoq yillar ''Tong yulduzi'' gazetasining adabiyot bo‘limini boshqaradi. 1986-yilda ''Choʻlpon'' bolalar nashriyoti tashkil topgach, shu nashriyotda umrining soʻnggi damlarigacha muharrir vazifasida xizmat qildi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

''Quvnoqlar quvonchi''

''Shokoladxo‘rlar''

''G‘aroyib pufak''

''Kulgi shaharchasi''

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]