Kontent qismiga oʻtish

Hamdamov Mulla To‘raboy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hamdamov Mulla To‘raboy — 1874-yili Uychi rayoni Yor-Qo‘rg‘on qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘zbek, oliy diniy ma’lumotli. 1932-yili aksilinqilobiy faoliyati uchun 5 yil qamoq jazosiga hukm etilgan, jazoni o‘tagan, din xizmatchisi — imom bo‘lgan. Sovet hokimiyatiga qarshi kurashish va xalqaro burjuaziyaga yordam ko‘rsatish uchun muhojirlardan aksilinqilobiy guruh tuzish to‘g‘risida bevosita ko‘rsatma olgan, 1935—1936-yillari musulmon ruhoniylarining bir necha nolegal yig‘inlarini o‘tkazgan, unda sovet hokimiyati bilan kurashish metodlari masalasi muhokama etilgan. Turkiya, Afg‘oniston, Eron va O‘zbekistonni qo‘shib birlashgan musulmon davlati tuzishni targ‘ib etgan, bu masala bo‘yicha murojaatnoma tayyorlagan, degan ayb qo‘yilgan.[1][2]

  1. Rustam Shamsidinov. Qatag‘on qurbonlari. Sharq nashriyoti, 2007-yil — 409-bet. ISBN ISBN 978-9943-00-240-1. 
  2. Shahidlar xotirasi, Surgun. G‘ofur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2000-yil. ISBN ISBN 5-635-01865-3.