Halabisa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Halabisa (shuningdek, Al-Halabsa, Halabsa, Al-Halabesa, Qaryat al Halabisa, Qaryat al Ḩalābisa) Iroqdagi qishloq. Falluja shahrining gʻarbidagi Al-Anbar muhofazotida va Furot daryosining janubida joylashgan[1]. Qishloq hududidan 10, 11, 12-magistral yoʻllari oʻtgan.

2016-yilgi Falluja qamali vaqtida hududda Iroq armiyasi va IShID jangarilari o‘rtasida shiddatli janglar bo‘lgan. 11-may kuni koalitsiya harbiy samolyotlari hududni bombardimon qilishi natijasida 8 nafar jangari halok bo‘lgan[2]. Uchinchi Falluja jangi vaqtida, 16-iyun kuni IShIDning koʻplab jangarilari Halabisa hududiga qochib kelib, shu yerda Iroq armiyasi tomonidan hujumga uchragan[3][4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]