Hakuna Matata
„Hakuna Matata“ | |
---|---|
Nathan Lane, Ernie Sabella, Jason Weaver va Joseph Williams qoʻshigʻi | |
„The Lion King“ albomidan | |
B tomon | „He Lives in You“ |
Chiqarilgan sanasi | 1-iyun 1994-yil |
Davomiyligi | 3:33 |
Leybl | Walt Disney |
Bastakor(lar) | Elton John |
Lirik ijodkor(lar) | Tim Rice |
Prodyuser(lar) |
Hakuna Matata, yana, Akuna Matata (sua.: Hakuna Matata; tarjimasi „tashvishsiz hayot“) – „Qirol sher“ (1994) animatsion filmidagi qoʻshiq boʻlib[1][2], Oskar mukofotiga „Eng yaxshi original qoʻshiq“ nominatsiyasida nomzod boʻlgan. Musiqasi Elton John, soʻzlari Tim Ricetomonidan yozilgan. Amerika kino sanʼati instituti tomonidan tuzilgan kino tarixidagi eng yaxshi qoʻshiqlar roʻyxatida 99-oʻrinni egallagan[3].
Qoʻshiq tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiqning musiqasi va kuyini Elton John, soʻzini Tim Rice yozgan. Multfilmda qoʻshiqni Timon (surikat, Nathan Lane ovoz bergan), Pumbaa (toʻngʻiz, Ernie Sabella ovoz bergan) va Simba (yosh sher, Jason Weaver va Joseph Williams ovoz bergan) kuylaydi. Voqea Mufasaning oʻlimidan keyin sodir boʻladi. Unda Timon va Pumbaa Simba bilan suhbatlashib, unga oʻzining tashvishli oʻtmishidan voz kechish va tashvishlarini unutish kerakligi haqida gapirishadi. Qoʻshiq davomida Simba asta-sekin sher bolasidan katta sherga aylanib boradi. Qoʻshiqda, shuningdek, Pumbaaning oʻtmishi haqida ham hikoya qilinadi: uning haddan tashqari meteorizmi tufayli hayvonlar jamiyatidan quvib yuborilganligi tushuntiriladi. Qoʻshiq orkestr, shuningdek, boshqa koʻplab musiqiy asboblar, shu jumladan murakkab zarbli musiqiy asboblar yordamida ijro etilgan. Aytishlaricha, Rice qoʻshiq matnini „Bottom“ komediya serialini tomosha qilib oʻylab topgan va serial yulduzlari boʻlgan Rik Mayall, Adrian Edmondson Timon va Pumbaa rolini oʻynashlarini xohlagan[4].
„Rhythm of the Pride Lands“ albomi uchun yaratilgan qoʻshiqning ikkinchi varianti Jimmy Cliff va Lebo M tomonidan ijro etilgan[5]. Ushbu versiyada biroz oʻzgartirilgan, ilgari berilmagan, Timonning oʻtmishiga bagʻishlangan sheʼr ham mavjud. U qisman aranjirovka qilish orqali qayta yozilgan. Qoʻshiqning bu versiyasi „B“ tomonida „He Lives in You“ bilan birgalikda singl sifatida chiqarilgan va multfilmning Brodvey teatrida qoʻyilgan koʻrinishida ishlatilgan.
Kompozitsiyalar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]CD singl
- „Hakuna Matata“ – 4:24
- „He Lives in You“ – 4:51
CD maxi
- „Hakuna Matata“ (radio versiyasi) – 3:50
- „Warthog Rhapsody“ Nathan Lane va Ernie Sabella – 3:06
- „Hakuna Matata“ (albomn versiyasi) – 4:24
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ King, Alex P.. Hit-parade — 20 ans de tubes (fr). Pascal, 2004 — 339-bet. ISBN 2-35019-009-9.
- ↑ Academy of Motion Picture Arts and Sciences. „Academy Awards Database“. Qaraldi: 2008-yil 2-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „AFI's 100 Years...100 Songs“ (en). Американский институт киноискусства (2004). 2012-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 25-sentyabr.
- ↑ Academy of Motion Picture Arts and Sciences. „Academy Awards Database“. Qaraldi: 2008-yil 2-may.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Bubbling Under Hot 100 Singles“. Billboard. May 27, 1995. 109-bet. Qaraldi: April 6, 2020.