Hakim Termiziy masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
hakim Termiziy masjidi
Hakim termiziy
[[Tasvir:
Masjidning tashqi ko'rinishi
|260px|]]
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Surxondaryo
Joylashuvi Termiz shahri
Manzil Saxovat mahallasi,Uchqun ko'chasi
Masjid turi Jomeʼ-masjid
Meʼmoriy uslub Milliy va zamonaviy
Binokorlik 20172019
Soʻngi imom Sayfidinov Aliakbar Xabibullayevich
Gumbazlar soni 1
Gumbaz balandligi 22 metr
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 41,5 metr
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Qoʻshimcha maʼlumotlar https://youtube.com/@minbaruz2818

Koordinatalari: 41°19′25.15″N 69°14′14.32″E / 41.3236528°N 69.2373111°E / 41.3236528; 69.2373111 G O Hakim Termiziy jomeʼ masjidi – Surxondaryo viloyati Termiz shahrida qurilgan masjid. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11- fevral kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chogʻida Termiz shahrida yangi masjid loyihasi bilan tanishib, tegishli topshiriqlarni bergan edi. Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarlariga koʻra, „Surxon ipagi“ mas’uliyati cheklangan jamiyati buyurtmasiga asosan „Profgrupp“ MCHJ quruvchilari tomonidan barpo etilgan masjid barcha shart-sharoitlarga ega [1]. 2019-yil 24-may kuni muborak Juma kuni Termiz shahrida Islom olamidagi ulugʻ alloma „Hakim Termiziy“ nomidagi yangi qurilgan masjidning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi[2]. Milliy va zamonaviy meʼmorchilik yechimlari asosida qurilgan masjidning yonida balandligi 41,5 mertli ikki minora qad koʻtargan. 22 metrli salobatli gumbazga ega. Jomeʼ masjidda 2 ming 250 dan ortiq musulmonlarning toat-ibodat amallarini bajarishga moʻljallangan xonaqoh mavjud. Ushbu masjid viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan. Masjidda musulmonlar uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. U barcha zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Masjidning yonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan qurilgan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi mavjud[3]. Markazning maqsadi Islom dinini keng targʻib qilish. Masjiddan uzoq boʻlmagan masofada Termiziy meʼmoriy majmui bor. Ushbu majmua Al-hakim at-Termiziy nomi bilan bogʻliq.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]