Hakim Samarqandiy (Abu Nasr)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hakim Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 933-yil yoki 1156-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Muhaddis, Faqih

Hakim Samarqandiy (arabcha: حكيم سمرقندي — Hakim Samarqandiy — Toʻliq ismi: Hakim Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad Samarqandiy (vafoti 933 yoki 1156-yil)) — muhaddis va faqih.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hakim Samarqandiy hanafiy ulamolaridan bo‘lgan qonunshunos, faqih va muhaddis. Hakim Samarqandiyning tarjimayi holi haqida deyarli maʼlumotga ega emasmiz. Hakim Samarqandiyning vafot etgan yili ikki xil ko‘rsatilgan: Dehxudo o‘zining „Lug‘atnoma“ asarida olim 321/933-yil vafot etgan desa, Hoji XaliyfaKashfu-z-zunun“da 550/1156-1157-yillar deb ko‘rsatgan. „Samarqand - olimlar va shoirlar shahri“ riolasining mualliflari esa birinchi fikrga qo‘shiladilar. Shunday qilib juda kam o‘rganilgan samarqandlik olim Hakim Samarqandiyning fiqh ilmiga oid „Ilmu-sh-shurut va-s-sijjilot“ („Xatga olish va shartlar ilmi“) nomli asar yozganligi maʼlum, xolos.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 589.