Haftiyak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Haftiyak (fors. — yettidan bir) — Qurʼonning yettidan bir qismi bitilgan kitob. Yosh qorilarga qulay boʻlsin uchun Qurʼon suralaridan bir nechtasi (13—14 tasi) tanlanib, qiroat kitobi shakliga keltirilgan. Oʻtmishda Turkistondagi maktablarda xrestomatiya vazifasini oʻtagan birinchi qoʻllanma hisoblanadi. Bolalar arab alifbosini oʻzlashtirganlaridan soʻng oʻrgatilgan. Odatda, haftiyak 1—2 yil oʻqitilgan. Haftiyakdan soʻng Qurʼoni karimni oʻqishga oʻtilgan. Yosh talaba kichik suralarni maʼlum miqdorda yod olgandan keyin haftiyakni oʻqishga kirishish marosimini oʻtkazish odatga aylangan. Keyingi paytda haftiyak oʻrniga bir yoʻla Qurʼoni karimning toʻliq nusxasini oʻqish va oʻqitish rasm boʻlgan.