Kontent qismiga oʻtish

Hadrian darvozasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Antalyadagi Hadrian Darvozasi

Hadrian darvozasi yoki Uchkapilar — Rim imperatori Hadrianning 130-yilda Antaliyaga qilgan tashrifi sharafiga shaharni oʻrab turgan shahar devoriga qurilgan monumental zafar belgisi. U har bir tomonida to‘rtta marmar ustunli va ikki tomonida ikkita minorali uchta arkli eshikdan iborat.

Darvozaning yuqori qavati saqlanib qolmagan. 1882-yilda ochilgan darvozaning pastki qismi 1959-yilda katta taʼmirdan oʻtkazilib yaroqli holga keltirilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi asrda Antaliyaga tashrif buyurgan Evliya Chelebi yoki Korneil Le Bryun kabi sayohatchilar shaharni tilga olishlariga qaramay, Hadrian darvozasini umuman maʼlumot berishmagan. Darvoza haqidagi birinchi maʼlumotni 1812-yilda shaharga tashrif buyurgan ingliz fregati HMS Frideriksteen admiral Frensis Bofort bergan.[1]

1882-yilda shaharga tashrif buyurgan Lankoronski birinchi tadqiqotchilar orasida darvozani eng batafsil tasvirlab bergan shaxs boʻlgan. U oʻzining batafsil chizmalari va eskizlarini Pamfiliya va Pisidiya shaharlari nomli asarida toʻplagan.[2] Sayohatchi EJ Devisning yozishicha, rasmiylar 1872-yilda yopiq kirish eshigini qayta ochishga harakat qilishgan, ammo urinish natijasiz boʻlgan, chunki kirish orqasida, devorlar ichida joylashgan uy egasi oʻz uyining buzilishini maʼqullamagan.[3]

2016-yilda munitsipalitet tomonidan shimoli-sharqdagi Hadrian darvozasining old qismida ziyoratchilar dam olishlari uchun yashil maydon qurishga qaror qilishgan. Quyosh shakli yashil hudud landshaftida bino yon atroflariga oʻzgarishlar kiritishgan. Bogʻda oʻsimliklar, oʻtiradigan skameykalar va tor yoʻlaklar yer yoritgichlar bilan toʻldirishgan.[4]

2021-yilda Janubi-gʻarbiy tomondan Kaleichi tomon eski shahar bilan uygʻunlikda tosh marmarlar yotqizilgan va yoʻlaklarga Alaniya marmaridan yasalgan panjara qoʻyilgani. Shunday qilib, Hadrian darvozasining har ikkala atrofi ham tarix bilan uygʻunlashtiriigan va darvozaning ikki tomonidan piyodalar oʻtish joyi ochilgan.[5]

Minora[tahrir | manbasini tahrirlash]

Minoralar Rim davrida shahar devorlarining davomi sifatida katta toshlardan qurilgan.

Aloaddin Keykubod I davrida mavjud minoraning uzunligi qisqa boʻlgani uchun gʻarbiy minoraga mayda toshlar bilan 6 metr uzunlikdagi qoʻshimcha yasalib, minora uzunligi 15 metrga yetgan. Qoʻshimcha qilinganda, asl minoraning parapetlari har biri ikkita derazaga aylangan. Bu derazalar ostida Usmonli yozuvi bor.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Karamania: Or, A Brief Description of the South Coast of Asia-Minor and of the Remains of Antiquity”. Cambridge: Cambridge Library Collection, 2014 — 121 bet. ISBN 1108067050. 
  2. Kaleiçi'ndeki Hadrianus Takı: Kentsel Arkeoloji Bağlamında Bir Değerlendirme. Akdeniz Üniversitesi, Mart 2018 — 600 bet. 
  3. Anadolu / XIX. Yüzyılda Karya, Frigya, Likya, ve Pisidya Antik Kentlerine Yapılan Bir Gezinin Öyküsü. İstanbul: Arkeoloji ve Sanat Yayınları, 2006 — 163 bet. ISBN 9789944750028. 
  4. „Hadrianus önü yenileniyor“. Hürriyet (12 eylül 2016). 13 kasım 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 kasım 2021.
  5. „Kaleiçi Çevre Düzenlemesi Projesi başladı“. Milliyet (4 nisan 2021). 13 kasım 2021da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13 kasım 2021.