Habibulla Rahimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Habibulla Gʻaybullayevich Rahimov (1946.31.10, Tojikistonning Xujand tumani) — kompozitor, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi (2001). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1974). Qodiriy nomidagi Madaniyat institutida oʻqituvchi (1977—89), hozirgi Oʻzbekiston konservatoriyasida dotsent (1990 yildan), Oʻzbekiston bastakorlar uyushmasi kotibi (1992 yildan). 3 simfoniya, turli (alt, violonchel, ovoz, fortepiano, qashqar rubobi va boshqalar) sozlar uchun konsertlar va konsertinolar, "Ona qalbi", "Alpomish va Oybarchin" operalari, shuningdek, "Parvona", "Kelin tanlov" kabi musiqali drama va komediya, oratoriya va kantata, puflama sozlar orkestri, oʻzbek xalq cholgʻulari orkestri uchun, arab, turk, yapon, koreys va boshqa xalqlar kuylari asosida kamer orkestr uchun musiqalar, kamervokal, kamercholgʻu asarlar yozgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil