Guyyan
Jump to navigation
Jump to search
Guyyan — Xitoyning jan.gʻarbidagi shahar, Guychjou togʻligida. Guychjou provinsiyasining maʼmuriy markazi. Muhim t. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 3,1 mln.dan ziyod kishi (1998). Metallsozlik, mashinasozlik, kimyo, toʻqimachilik, sement, oyna, ipakchilik, yogʻochsozlik, qogʻoz, konchilik sanoatlari uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar va b. sanoat korxonalari bor. G. yaqinidan temir rudasi, koʻmir va appatit qazib chiqariladi. G.da Xitoy FAning filiali, universitet, q. x. va b. institutlar bor.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |