Kontent qismiga oʻtish

Guvohning advokati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guvohning advokati — belgilangan tartibda guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda unga zarur yuridik yordam koʻrsatish vakolatiga ega boʻlgan shaxs. Jinoyat ishida taraflar manfaatlarini himoya qilayotgan shaxs mazkur ish boʻyicha Guvohning advokati boʻlishi mumkin emas. Guvohning advokati ishda ishtirok etishga u advokatlik guvoxnomasini koʻrsatganidan va orderni taqdim etganidan soʻng, guvoh chaqirilgan paytdan eʼtiboran quyiladi. Guvohning advokati:

  • huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilayotgan shaxsning qaysi jinoyat ishi boʻyicha chaqirilganligini bilish;
  • guvohning soʻroq qilinishida, shuningdek u ishtiroki bn oʻtkazilayotgan boshqa tergov harakatlarida ishtirok etish;
  • unga qisqa maslahatlar berish;
  • soʻroq qilayotgan shaxsning ruxsati bn guvohga savollar berish;
  • guvohni soʻroq qilishda ishtirok etayotgan tarjimonni rad qilish haqida qonunda belgilangan tartibda arz qilish;

soʻroq tugaganidan soʻng guvohning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi, soʻroq bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan arzlarini bayon etish huquqiga ega. Guvohning advokati guvohga zarur yuridik yordam koʻrsatishi, dalillarni yoʻq qilish, soxtalashtirish, guvohlarni koʻndirishga urinish va b. qonunga xilof harakatlar orqali xaqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilmasligi; ishni tergov qilishda va sud majlisi vaqtida tartibga rioya qilishi shart (OʻzR JPKning 66¹ — m.si). Yana qarang: Advokat[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi