Kontent qismiga oʻtish

Guvalak (shaharcha)

Koordinatalari: 39°2′27″N 65°44′35″E / 39.04083°N 65.74306°E / 39.04083; 65.74306
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Guvalak
ruscha: Гувалак
Shaharcha
39°2′27″N 65°44′35″E / 39.04083°N 65.74306°E / 39.04083; 65.74306
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Koson tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 180807[1]
Guvalak ruscha: Гувалак xaritada
Guvalak ruscha: Гувалак
Guvalak
ruscha: Гувалак

Guvalak (ruscha: Гувалак, ayrim manbalarda Gubalak shaklida ham uchraydi) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martdagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[2].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi boʻlmish guvalak soʻzi umumturkiy etnonimlar sirasiga kiradi. Tatariston respublikasida gubalak nomli urugʻ bor. Boshqird xalqining ham ayni shu nomdagi urugʻi mavjud. Qashqadaryo hududida yashagan mangʻitlarning ayni oqmangʻit urugʻi orasida guvalak yoki gubalak nomli urugʻi boʻlganligi aniqlangan. Shuningdek mazkur urugʻ nomi gualak shaklida ham talaffuz qilinadi. Goʻbalak tuja urugʻi asli qoʻngʻirotlar vaxtamgʻali boʻlimi tarkibiga kiruvchi tujalarga tegishli. XIII-XIV asrlarda qipchoq turkiy tillari orasida koʻbalak nomli itning zoti mavjud boʻlgan. Guvalak, gubalak, goʻbalak bu asli totem, xalq orasida muqaddas hisoblangan jonivor hisoblangan. Keyinchalik bu totem nomi shaharcha nomiga berilgan. Aholining etnik tarkibiga asoslangan holda shaharcha hozirgi nomini olgan[3].

Oʻshash nomlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatariston respublikasida Gubalak nomli tuman mavjud[3].

Guvalak shaharchasi Qashqadaryo viloyati Koson tumanining shimoliy qismida joylashgan. Shaharcha hududidan Qashqadaryo magistral kanali oqib oʻtadi. Mazkur hududda 96-sonli va 50-sonli maktablar faoliyat yuritadi.

1-yanvar 2013-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Boygʻundi shaharchasida 6198 nafardan ortiq inson istiqomat qilgan. 2016-yildagi hisob-kitob natijasiga koʻra bu koʻrsatkich 6900 tani tashkil etgan[4]. Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi.

Guvalak shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, bu shaharning ayni choʻl zonasida joylashganligi bilan bogʻliq. Iyul oyining oʻrtacha harorati 35-40° C, yanvar oyiniki 0 dan 1° C gacha yetadi. Vegetatsiya davri oʻrtacha 210—240 kunni tashkil etadi.

  1. „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  3. 3,0 3,1 To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 82 bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  4. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 153 bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.