Gustaf V

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Gustaf V
A photograph of King Gustav V aged 80
Gustaf V 1938-yilda
Bosh Vazir 8-dekabr 1907-yil – 29-oktabr 1950-yil
Oʻtmishdoshi Oskar II
Davomchisi Gustaf VI Adolf
Regent
Tugʻilishi Oscar Gustaf Adolf
16-iyun 1858-yil(1858-06-16)
Drotiningholm Saroyi, Stokgolm, Shvetsiya
Vafoti 29-oktabr 1950-yil(1950-10-29)
(92 yoshda)
Drotiningholm Saroyi, Stokgolm, Shvetsiya
Dafn etilgan joy 9-noyabr 1950-yil
Turmush oʻrtogʻi
Viktoriya
(turm. 1881; vaf. 1930)
Issue
Uy Bernadot
Otasi Oskar II
Onasi Sofiya
Dini en:Church of Sweden
Gustaf Vning imzosi
Gustaf V ning monogrammasi

Gustav V (Oskar Gustaf Adolf 1858-yil 16-iyun1950-yil 29-oktabr) — 1907-yildan 1950-yilgacha (vafotigacha) Shvetsiya qiroli boʻlgan. U Shvetsiya qiroli Oskar II va Nassaulik Sofiyaning toʻngʻich oʻgʻli edi, (Nassaulik Sofiya Lyuksemburg Buyuk Gertsogi Adolfning oʻgay singlisi edi). 1907-yilda otasi Oskar II vafotidan soʻng 42 yil davomida (to oʻlimiga qadar) hukmronlik qilgan. U Shvetsiyaning eng uzoq hukmronlik qilgan monarxlari Magnus IV va Karl XVI Gustavdan keyin uchinchi oʻrinda turadi. U, shuningdek, qirollik imtiyozlaridan foydalangan soʻnggi Shvetsiya monarxi edi. 1974-yilda Shvetsiya konstitutsiyasi qayta ishlab chiqilishi bilan ushbu imtiyozlar rasman bekor qilingan. U Oʻrta asrlardan beri toj kiydirish marosimi boʻmagan birinchi Shvetsiya qiroli boʻlgan va shuning uchun ham hech qachon qirollik tojini kiymagan.

Gustafning dastlabki hukmronligi davrida Shvetsiyada parlament boshqaruvi kuchaygan boʻlsa-da, 1914-yilda Birinchi jahon urushi boshlanishi bilan liberal Bosh vazir Karl Staaffni ishdan boʻshatilib, uning oʻrniga, Dag Hammarsheldning otasi Hjalmar Hammarsheld tayinlangan. Biroq, liberallar va sotsial-demokratlar Staaffning vorisi Nils Eden boshchiligidagi deputatlar parlamentda koʻpchilik oʻrinni qoʻlga kiritgach, Gustaf Edenga yangi hukumat tuzishga ruxsat berdi. Bu hukumat monarxiyani de-fakto barcha vakolatlardan mahrum qilgan holda, 1919-yildan umumiy va teng saylov huquqini joriy etdi. Gustaf Parlament demokratiyasi tamoyillariga toʻliq boʻyinsunib, oʻz hukmronligining qolgan 31 yili davomida mashhur shaxs boʻlib qoldi. Bazan oʻz taʼsir doirasiga ham ega edi. Gustav V nemisparast va anti-kommunistik pozitsiyaga ega edi, ushbu holat Birinchi jahon urushi va Rossiya fuqarolar urushi davrida tashqi uning oʻzini tutishida yaqqol namoyon boʻldi. Ikkinchi Jahon urushi paytida u Per Albin Hanssonning koalitsion hukumatini natsistlar Germaniyasining moddiy va texnik qoʻllash boʻyicha soʻrovlarini qabul qilishga undagan va agar bu rad etilsa natsislar uning davlatiga bostirib kelishi mumkinligini taʼkidlagan. Uning bu aralashuvi munozarali hisoblanadi.

Gʻayratli ovchi va sportchi boʻlgan Gustaf 1912-yilgi Olimpiya oʻyinlariga raislik qilgan va 1897-yildan 1907-yilgacha Shvetsiya sport assotsiatsiyasini boshqargan. Eng muhimi, u Shvetsiyani («Janob G.» taxallusi ostida) raqobatbardosh tennischi sifatida namoyon etgan va 80-yoshigacha (koʻrish qobiliyati yomonlashgunigacha) tennisni davom ettirgan[1][2]. Uning oʻrnini oʻgʻli Gustaf VI Adolf egallagan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi turmush qurganlar. Valiahd shahzoda Gustav 1881-yilda Badenlik Viktoriyaga uylandi.
"Gustav V" Anders Zorn tomonidan chizilgan surat, 1909-yil.
Valiahd shahzoda sifatida Gustaf V kiygan Norvegiya generallik formasi.
Valiahd shahzoda Gustaf va Baden malikasi Viktoriyaning unashtiruv marosimi. 1881-yil. Nordic muzeyi arxividan, NMA.0051136

Shaxzoda 1858-yil 16-iyun kuni ertalab soat oʻnda shaxsiy shifokor Fritz Vestfelt nazorati ostida tugʻildi. U 12-fevral kuni Stokgolmdagi qirollik saroyining qirollik ibodatxonasida Shvetsiyalik arxiyepiskop Geynrix Reyterdal tomonidan suvga choʻmdirish orqali choʻqintiriladi. Unga Oskar Gustav Adolf ismi qoʻyiladi va Shvetsiyaning Varmland gertsogi unvonini beriladi.

Bir yil o'tgach, uning ukasi shahzoda Oskar, 1861-yilda — shahzoda Karl va 1865-yilda — shahzoda Evgeniy ham shu yerda choʻqintirilgan. Oila Arvfurstens saroyida yashagan. Zamonaviy saroylar shahzoda tarbiyasida muhim rol oʻynagan. Gustaf yozni otasi ixtiyorida boʻlgan Sofiero qasrida oʻtkazardi. Dastlabki yillarda shahzoda zaif boʻlgan, deb hisoblashardi. tanasi, shuning uchun u 1871-yil 10-mayda uni tanasini elektr bilan davolash amaliyoti oʻtkazildi. U katta boʻlgach, baland boʻyli va nozik qomatli boʻladi.

Gustaf V Stokgolm okrugidagi Ekerö shahridagi Drottningholm saroyida shahzoda Oskar va Nassau malikasi Sofiyaning xonadonida tugʻilgan. Tugʻilganda Gustaf Värmland gertsogligi tashkil qilindi. 1872-yilda otasi taxtga oʻtirgach, Gustaf Shvetsiya va Norvegiyaning valiahd shahzodasiga aylandi. 1907-yil 8-dekabrda u otasining oʻrniga Shvetsiya taxtiga oʻtirdi.

1881-yil 20-sentabrda u Germaniyaning Karlsrue shahrida Baden malikasi Viktoriyaga uylandi.

Davlat arbobi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gustaf V taxtga oʻtirganida, faqat qogʻozdagina avtokrat edi. 1809-yilgi Hukumat hujjatida qirol ham davlat boshligʻi, ham hukumat boshligʻi qilib belgilagan va faqat vazirlar uning oldida javobgar boʻlgan. Biroq, uning otasi 1905-yilda parlamentda koʻpchilik tomonidan saylangan hukumatni tan olishga majbur boʻldi. Oʻshandan beri bosh vazirlar oʻz lavozimlarida qolishlari uchun de-fakto Riksdag deputatlarining ishonchiga ega boʻlishlari kerak edi.

1910-yilda Gustav V oʻz hukmronligining ilk yillarida qotil Yohan Alfred Anderni avf etishdan bosh tortadi, u Shvetsiyada qatl etilgan oxirgi shaxs boʻlgan.

Avvaliga Gustav V parlament boshqaruvini qabul qilishga tayyordek tuyuldi. 1911-yilda liberallar katta gʻalaba qozonganidan soʻng, Gustaf liberallar lideri Karl Staffni Bosh vazir etib tayinladi. Biroq, Birinchi jahon urushi arafasida elitalar Staaffning mudofaa siyosatiga qarshi chiqishdi. 1914-yil fevralda qirol saroyiga dehqonlarning katta olomoni yigʻilib, mamlakat mudofaasini kuchaytirishni talab qildi. Gustaf oʻzining «Hovli nutqi» deb nomlangan javobida mamlakat mudofaasini mustahkamlashga vaʼda berdi. Aslida ushbu nutq matni tadqiqotchi Sven Xedin tomonidan yozilgan edi. Staff bundan gʻazablanib, Gustafga parlament boshqaruvi qirolni partizancha siyosatdan uzoqlashishni talab qilishini aytadi. Bundan tashqari, Staff qirol oʻz nutqini aytishdan oldin u bilan maslahatlashmaganidan gʻazablandi. Biroq, Gustaf “shved xalqi bilan erkin muloqot qilish” huquqiga hali ham ega ekanligini aytdi. Staaff hukumati oʻz noroziligini koʻrsatib isteʼfoga chiqdi va Gustaf uning oʻrniga Xalmar Hammarsheld (Birlashgan Millatlar Tashkilotining boʻlajak Bosh kotibi Dag Hammarsheldning otasi) boshchiligidagi hukumatini tayinladi.

Vakolatlarni cheklanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gustaf 1907-yilgacha valiaxd shaxzoda sifatida toj kiygan, lekin keyinchalkk tij kiyishdan voz kechadi. 1893-yil.
Gustav V 1932-yil 8-dekabrda taxtga oʻtirganining 25 yilligi munosabati bilan tasvirlangan surati.
Vaqt oʻtishi bilan Gustav V sotsial-demokratik partiya rahbari Hjalmar Brantingning ishonchini qozondi. Ikkisi ham Beskowska maktabida sinfdosh boʻlishgan.

1917-yilgi saylovlar liberallar va sotsial-demokratlarga katta gʻalaba keltirdi. Shunga qaramay, Gustaf dastlab Yoxan Viden boshchiligidagi konservativ hukumatni tayinlashga harakat qildi. Biroq, Viden koalitsiya tashkil qilish uchun yetarli darajada qoʻllab-quvvatlovga erisha olmadi. Gustaf bundan buyogʻiga hukumatni oʻzi tanlagan holda tayinlay olmasligi va parlament irodasiga qarshi hukumatni ushlab turolmasligi maʼlum bo'ldi. Liberallar yetakchisini bosh vazir etib tayinlashdan boshqa chorasi qolmagan holda, u Staaffning vorisi Liberal-sotsial-demokratik koalitsion liberallar yetakchisi Nils Eden boshchiligidagi hukumatni tayinladi. Eden hukumati qirolning siyosiy vakolatlarining koʻp qismini oʻz zimmasiga oldi va ko'plab islohotlarni amalga oshirdi, xususan, 1918–1919-yillarda toʻlaqonli (erkak va ayol) umumiy saylov huquqi institutini joriy qildi. Gustaf hali ham vazirlarni rasmiy ravishda tayinlagan boʻlsa-da, shu bilan ular parlament ishonchini qozonishi kerak edi. Endilikda u vazirlarning maslahatiga koʻra harakat qilishi kerak edi. Hukumat hujjatidagi “faqat qirolgina davlatni boshqaradi” degan qoida oʻzgarmagan boʻlsa-da, endilikda qirol oʻz vakolatlarini vazirlar orqali amalga oshirishi shart edi. Shunday qilib, vazirlar haqiqiy boshqaruvni amalga oshira boshladilar. Vazirlar Riksdag oldida qonuniy javobgar boʻlgan boʻlsa-da, hukumat hujjatiga koʻra endi ular Riksdag oldida siyosiy jihatdan ham javobgar boʻldilar. Gustaf oʻzining qisqartirilgan rolini qabul qilishdan boshaa chorasi qolmadi va umrining oxirigacha vakolati cheklangan konstitutsiyaviy monarx sifatida hukmronlik qildi. Shvetsiyada parlamentarizm amalda haqiqatga aylandi, garchi u 1974-yilga qadar rasmiylashtirilmagan boʻlsa ham, hukumatning yangi vositasi monarxiyani hatto nominal siyosiy hokimiyatdan ham mahrum qilganda.

Birinchi jahon urushi davrida Gustav V nemislarga hayrihox boʻlgan deb hisoblangan. Uning urush davrida ushbu siyosiy pozitsiyasida boʻlishiga uning rafiqasi katta taʼsir koʻrsatgan. Chunki uning hotini Viktoriya nemis yerlarini oʻz vatani deb bilib, ular bilan mustahkam aloqadorligini his qilgan. 1914-yil 18-dekabrda Gustaf Skandinaviyaning boshqa ikki qirollari bilan hamfikrligini namoyish qilish uchun Malmyoda boʻlib oʻtgan uchrashuvga homiylik qildi. Bundan asosiy maqsadi Shvetsiyani Germaniya tomonida turib urushga tortishni xohlayotgani haqidagi shubha-gumonlarni yoʻqotish edi[3].

Siyosiy hokimiyatdan samarali ravishda mahrum qilingan boʻlsa-da, Gustaf baʼzi bir taʼsir kuchiga ega edi. Masalan, 1938-yilda u Germaniyaning Shvetsiyadagi elchisini shaxsan chaqirib, agar Gitler Sudetni berishdan bosh tortgani uchun Chexoslovakiyaga hujum qilsa, bu jahon urushiga sabab boʻlishini va Germaniya deyarli yoʻqotishini aytdi[4]. Qolaversa, uning uzoq hukmronligi xalq birligining ramzi sifatida unga katta maʼnaviy hokimiyat berdi.

Natsizlarga hayrihoxligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxzoda Gustav Adolf, Gering German va Qirol Gustaf V. Berlin, 1939-yil fevral.

Qirol ham, uning nabirasi shahzoda Gustav Adolf ham Ikkinchi jahon urushidan oldin natsistlar rahbarlari bilan diplomatik maqsadlarda muloqot qilishgan. Tarixchi Yorgen Veybullning soʻzlariga koʻra, Gustav V Berlinga tashrifi chogʻida Gitlerni yahudiylarni taʼqib qilishni biroz yumshatishga ishontirishga harakat qilgan. U, shuningdek, Vengriya rahbariga "insoniyat nomidan" oʻz yahudiylarini qutqarish haqida murojaat ham qilgani taʼkidlangan.

1941-yil iyun oyida fashistlar Germaniyasi Sovet Ittifoqiga bostirib kirganida, Gustav V Gitlerga "bolshevik zararkunandalari"ga qarshi kurashgani uchun minnatdorchilik bildirgan va "erishilgan gʻalabalar" bilan tabriklash uchun oʻzining shaxsiy maktubini yozishga harakat qiladi[5]. Unga Bosh vazir Per Albin Xansson uni bu fikridan qaytaradi[6].

Urush paytida Gustav shved fashistlari rahbari Sven Olov Lindholmni Stokgolm saroyiga taklif qildi. Shvetsiya qirolining Lindholm harakatida doʻstlari bor edi[7][8][9].

1941-yil yozgi inqiroz[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh vazir Xanssonning so'zlariga ko'ra, 1941-yil iyun oyida yoz oʻrtasidagi inqiroz paytida qirol u bilan boʻlib oʻtgan shaxsiy suhbatda, agar hukumat Germaniyaning Engelbrext deb ataladigan jangovar piyoda diviziyasini Norvegiya janubidan Shvetsiya hududi orqali Finlyandiya shimoliga oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosini maʼqullamasa, taxtdan voz kechish bilan tahdid qiladi. Ushbu daʼvoning haqiqatda ham sodir boʻlganligi nomaʼlum va qirolning niyati, agar u haqiqatan ham bu tahdidni amalga oshirgan boʻlsa, baʼzida uning Germaniya bilan ziddiyatdan qochish istagi boʻlganligi bilan izohlanadi. Ushbu voqea shved tarixchilarining diqqat eʼtiborini tortdi va midsommarkrisen inqirozi nomi bilan tanilgan.

Qirolning ushbu harakatini tasdiqlovchi dalillar, urush oxirida qoʻlga kiritilgan Germaniya tashqi siyosati hujjatlarida ham mavjud. 1941-yil 25-iyunda Stokgolmdagi nemis vaziri Berlinga "Oʻta shoshilinch va oʻta maxfiy" xabar yubordi, unda qirol unga nemis qoʻshinlarining tranzitiga ruxsat berilishi haqida xabar berganligini aytdi. U shunday qoʻshimcha qildi:

Urushdan soʻng[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gustaf V gullar dastasini berayotgan qizaloq. 1937-yil.

Ikkinchi jahon urushidan soʻng Sovet Ittifoqi va Gʻarbiy ittifoqchilar Shvetsiyadan fashistlar Germaniyasi uchun jang qilgan va Shvetsiyaga qochgan askarlarini ekstraditsiya qilishni talab qildilar va koalitsiya hukumati bunga rozi boʻldi. Qirol Gustaf soʻnggi bor tashqi siyosatning qizgʻin muammosiga aralashadi. U Stalinga ekstraditsiyani kutishni soʻradi, ammo Stalin qirolning murojaatini rad etdi. Keyinchalik ham «balt-ekstraditsiya» qilish deb atalmish amaliyotni amalga oshirish toʻgʻri boʻlganmi, degan savol muhokamalarga sabab gan.[10]

1946-yilda qirolning haydovchisi u bilan birga mashinada zovurga tushib ketadi, shundan soʻng ushbu egri chiziq «Qirolning egri chizigʻi» deb nomlana boshladi.

Yoshi oshgani sayin qirol Gustav har bahorda Nitssadagi Riviera sohilida qolishni boshladi. 1948-yilda u 90 yoshga toʻldi va ushbu marosim keng miqyosda nishonlandi, lekin uning kuchi qolmagan edi. 1948-yilda Nobel mukofoti topshirilishida va 1950-yilda Riksdagning tantanali ochilishida uning oʻrniga valiahd shahzoda borishga majbur boʻldi. Qirol har doim jamoat vazifalarini bajarishga harakat qilgan va 1950-yil 27-oktabrda oʻzining soʻnggi hukumat kengashiga rahbarlik qilgan. Oʻzining soʻnggi yillarida qirol traxeyaning takroriy katarasi bilan bogʻliq muammolarga duch keldi[11].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gustav V ozgʻin va oʻzining baland boʻyi bilan mashhur edi. U oʻsmirlik yillarida pens -nez koʻzoynak taqib yurgan va oʻtkir moʻylovli edi. Gustaf V «janob G.» taxallusi ostida paydo boʻlgan sadoqatli tennischi edi. Oʻyinchi va sport promouteri sifatida u 1980-yilda Xalqaro tennis shon-sharaf zaliga saylangan. Qirol 1876-yilda Britaniyaga tashrifi chogʻida bu sport turini oʻrgangan va vataniga qaytgach, Shvetsiyaning birinchi tennis klubiga asos solgan. 1936-yilda esa Qirol klubiga asos solgan. Oʻzining hukmronligi davrida Gustaf koʻpincha Rivierada tennis oʻynardi.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Valiahd shahzoda Karl Gustav qirolicha Luiza (chapda) va malika Sibilla bilan Gustav V ning dafn marosimida.

1950-yil 29-oktabr kuni ertalab qirol Gustaf vafot etdi va marshal Birger Ekeberg soat 09:03 Drottningholm qalʼasidan turib bu haqda eʼlon qildi:

Qirollikda dushanba va keyingi kunlarda soat 12:00-12:30 mamlakat cherkovlari uzra qoʻngʻiroqlar bong urdi. Oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnomadagi maʼlumotlarga koʻra, oʻlim sababi "bronxoektazli surunkali traxeya katarasi va qon aylanish tizimidagi yoshga bogʻliq oʻzgarishlar" boʻlgan.

Svenska Dagbladet milliy qaygʻu tuygʻusini ifodalab Erik Axel Karlfeldtning shunday soʻzlari keltirib oʻtgan:

Gustaf V ning Riddarholm cherkovida dafn etilgan so'nggi shved qiroli hisoblanadi. Uning sarkofagi tepasida uning oʻlimidan 20 yil avval vafot etgan qirolicha Viktoriyaning xoki qoʻyilgandi.

9-noyabr kuni Riddarholm cherkovida dafn marosimi boʻlib oʻtdi. Qirol Gustav Bernadot qabri ibodatxonasida dafn qilingan oxirgi shaxs boʻlib qoldi. Taxtda deyarli 43 yil oʻtirgan Gustav V Shvetsiya tarixidagi eng uzoq hukmronlik qilgan uchinchi monarxga aylandi.

U haqidagi fikrlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oila aʼzolari va respublikachi Ernst Vigforss qirol Gustavni quyidagicha tasvirlaydi[13]. U oddiy, qatʼiyatli, adolatli va halol shaxs boʻlib, oʻzining harakatlantiruvchi kuch sifatidagi meros boʻlgan burchi bilan oʻz lavozimini obroʻ-eʼtiborsiz, oʻz mavqeini hech qachon unutmagan holda bajargan. Shaxsiy shaxs sifatida u "yosh bolalar kabi hazillashib" oʻynashi va boʻsh vaqtini qulayroq tarzda birga boʻlishi mumkin boʻlgan baxtli odamlar bilan oʻtkazar edi[14]. Gustaf V Keren Kajemet tashkiloti orqali Isroilda uning nomi bilan atalgan oʻrmonga ega boʻldi.

Farzandlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismi Tugʻilgan Oʻlimi Qaydlar
Gusta VI 11-noyabr 1882-yil 15-sentabr 1973-yil Uylangan 1) Konnotlik malika Margaret (1882–1920) uylangan, farzandli (toʻrt oʻgʻil, bir qiz), 2) Ledi Luiza Mountbatten (1889–1965) uylangan, farzandi (qizi oʻlik tugʻilgan)
shaxzoda Vilgelm 17-iyun 1884-yil 5-iyun 1965-yil Rossiya gersoginyasi Mariya Pavlovna (1890–1958) ga uylangan, farzandi bor.
shaxzoda Erik 20-aprel 1889-yil 20-sentabr 1918-yil Ispancha grippdan vafot etgan. Farzandlari yoʻq

Shvetsiyalik yozuvchi Anders Lundebek (1900–1976) goʻyoki qirol Gustav V ning nikohsiz oʻgʻli bo'lgan, bu daʼvo Lundebekning oʻzi tomonidan aytilgan va maʼlum darajada mavjud faktlar bilan tasdiqlangan.[15][16]

Unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Milliy unvonlari[17][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Order of the Seraphim - Ribbon bar.svg «Serafim» ritsari va qoʻmondoni, 1858-yil 16-iyun
  • SWE Order of Charles XIII BAR.png Charlz XIII ordeni ritsarlari, 1858-yil 16-iyun
  • Order of the Sword - Ribbon bar.svg Qilichli katta xoch qoʻmondoni, 1858-yil 16-iyun
  • Order of the Polar Star - Ribbon bar, pre 1975.svg Qutb yulduzining katta xoch qoʻmondoni, 1858-yil 16-iyun
  • Order of the Vasa - Ribbon bar.svg Vasa ordenining katta Xoch qoʻmondoni, 1886-yil 12-iyul[18]
  • Order of St John (UK) ribbon plain -vector.svg Avliyo Iogan ordeni faxriy aʻzosi

Xorijiy harbiy unvonlar[19][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Daniya Daniya qirollik armiyasi generali, 1909-yil;
  • Rossiya imperiyasi Imperator Rossiya dengiz floti admirali, 1909-yil;
  • Birlashgan Qirollik Qirollik dengiz flotining faxriy admirali, 1908-yil 3-noyabr[20];
  • Germaniya imperiyasi Nemis imperatorlik armiyasi generali, 1909-yil;
  • Germaniya imperiyasi Germaniya Imperator dengiz floti admirali, 1909-yil;
  • Ispaniya Ispaniya dengiz flotida admiral, 1928-yil;
  • Germaniya imperiyasi "Königin Elizabet" 3-hayot Grenadier polkining faxriy qoʻmondoni, 1909-yil.

Gerb[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vermland gertsogi boʻlgach u Vermland gerbini sohibi boʻldi. Taxtga oʻtirgach Shvetsiya gerbiga ega boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Gustaf V“ (sv). NE Nationalencyklopedin AB. Qaraldi: 26-aprel 2021-yil.
  2. „Haijbyaffären“ (sv). NE Nationalencyklopedin AB. Qaraldi: 26-aprel 2021-yil.
  3. „Kin Gustav V's No Nazi Sympathizer“. Real Clear History (7-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 26-aprel 2021-yil.
  4. William Shirer, The Rise and Fall of the Third Reich (Touchstone Edition) (New York: Simon & Schuster, 1990)
  5. Dagens Nyheter 070729 „Churchill fick vredesutbrott över svenske kungens svek“ (sv). Debatt (29-iyul 2007-yil). 30-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyul 2007-yil.
  6. „King Gustav V of Sweden: Nazi Sympathiser?“. RoyaltyRobert Blogger and Writer (15-iyun 2020-yil). Qaraldi: 26-aprel 2021-yil.
  7. „Karaktärsmord på döda svenskar“(shved.), Svenska Dagbladet (18-sentabr 2002-yil). Qaraldi: 26-aprel 2021-yil.
  8. Gustaf V och andra Världskriget. Carlsson, Erik. 2007. ISBN 9789185057887
  9. Operation Norrsken: Om Stasi och Sverige under kalla kriget, av Christoph Andersson
  10. http://www.ne.se/baltutl%C3%A4mningen
  11. Svenska Dagbladets årsbok, årgångarna 1946-1950
  12. 100 år med Svenska Dagbladet 1884–1984. Ett sekel speglat i tidningssidor, red. Lars Lagerstedt, Svenska Dagbladets Förlags AB Stockholm 1984, sid. 30 oktober 1950
  13. Prins Wilhelm och Lennart Bernadotte, Kungaboken, utgiven av Barnens Dagsledares Förening till förmån för Sveriges barn, tryckt i Stockholm 1943, s. 1–6; Ernst Wigforss, Minnen III, s. 170–177
  14. Prins Wilhelm och Lennart Bernadotte, Kungaboken, s. 4
  15. Article 2009-10-02 Om två uteblivna Nobelpris by Ivo Holmqvist in Dixikon (sponsored by the en:Swedish Arts Council)
  16. Sir Gustaf von Platen in Bakom den gyllene fasaden en:Bonniers ISBN 91-0-058048-1 p 35
  17. (sv) Sveriges statskalender, 1905, p. 438, http://runeberg.org/statskal/1905/0462.html, qaraldi: 2018-01-06 Gustaf V]]
  18. (sv) Sveriges statskalender, 1905, p. 525, http://runeberg.org/statskal/1905/0549.html, qaraldi: 2018-01-06 Gustaf V]]
  19. Almanach de Gotha (French). Justus Perths Publishers, 1-yanvar 1909-yil.. 
  20. „Supplement 28192 in the London Gazette“. The Gazette. Qaraldi: 5-yanvar 2022-yil.