Gulxayridoshlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Gulxayridoshlar (Malvaceae) - ikki pallalilardan ayritojlilarga mansub oʻt va butalar oilasi. Barglari panjasimon oʻyma. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, yirik, oq, sariq yoki pushti. Kosachasi ikki kavat. Changchilari juda koʻp, ipchalari tutash. Urugʻchisi bitta. Mevasi koʻpchiligida koʻsak. Yer yuzida 80 ga yaqin turkumi va 1500 turi bor. Koʻp tropik va subtropik rayonlarda tarqalgan. Bulardan gulxayri, gʻoʻza, kanop, tugmachagul, paxtagul, gulhamishabahor keng tarqalgan. Oʻzbekistonda 6 turkumi va 17 turi oʻsadi. Ularning koʻpidan tola olinadi, dori tayyorlanadi. Manzarali oʻsimlik sifatida eqiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil