Gulshani roz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Gulshani roz" („Sir gulshani“) — Shayx Mahmud Shabustariyning tasavvufga oid asari. Zamonaning mashhur fozil va adibi Amir Sayid Husayn Husayniy Hiraviy savollariga javob tarzida 1317-1318-yillarda yozilgan. Hajman 1000 baytdan iborat. Asarga koʻplab sharhlar yozilgan. Eng mashhuri Shayx Muhammad Lohijiy (Muhammad bin Yahyo Lohijiy Nurbaxshiy Giloniy) qalamiga mansubidir. Lohijiy oʻz sharhini „ Mafotix ul-eʼjoz“ („Moʻʼjizalar kalitlari“) deb atagan. Alisher Navoiy ushbu asar nomini "Nasoyim ul-muhabbat"da Mahmud Shabustariy bilan bogʻliq bobda hamda "Majolis un-nafois"da Abulqosim Bobur sevib mutolaa qilgan asarlardan biri sifatida tilga oladi[1][2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". 
  2. "Nasoyim ul-muhabbat". 
  3. "Majolis un-nafois".